O‘zbekistonda poliomiyelit nazorati va profilaktikasi kuchaytirildi – SEO xizmati

© © SputnikPogranichniy punkt, arxivnoe foto
Pogranichniy punkt, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda poliomelit kasalligi uchramaydi, lekin qo‘shni Tojikiston va Afg‘onistonda kasallanish holatlari ko‘p uchramoqda.
TOShKENT, 26 mar – Sputnik. O‘zbekistonda poliomelit kasalligi nazorati va profilaktikasi kuchaytirildi. Bu haqida Respublika Sanitar epidemiologik osoyishtalik (SEO) xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, respublikada poliomiyelit kasalligining oldini olish va tarqalishiga qarshi profilaktika choralari JSST tavsiyalariga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Xususan, davlat chegara-nazorat punktlarida epidemiologik choralar kuchaytirilgan, Surxondaryo viloyatida 10-20 mart kunlari 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlash tadbiri amalga oshirilgan.
NII detskoy onkologii i gematologii RONS imeni N. N. Bloxina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2021
Tojikistonda xavfli poliomiyelit kasalligi tarqalmoqda - BSST
Undan tashqari Respublikaning barcha hududlari sanitar-epidemiologik xizmatlari va sog‘liqni saqlash tizimi boshqarmalari rahbarlarini poliomiyelit va o‘tkir shol falaji kasalliklari ustidan faol epidemiologik kuzatuvini kuchaytirish choralari amalga oshirilgan.
SEO xizmati xabarida aytilishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda poliomelit kasalligi uchramaydi, lekin qo‘shni Tojikiston va Afg‘onistonda kasallanish holatlari ko‘p uchramoqda.
“Respublikamizda poliomiyelit kasalligi uchramaydi, lekin chet davlatlardan kirib kelgan shaxslar mahalliy aholiga yuqtirishi mumkin. Bugungi kunda Tojikiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasida poliomiyelit kasalligi aniqlanmoqda” – deyilgan xabarda.
Poliomiyelit – o‘tkir shol kasalligi bo‘lib uni mayda, hatto oddiy mikroskopda ham ko‘rib bo‘lmaydigan viruslar chaqiradi. Kasallik asab tizimi, ayniqsa orqa miyani shikastlaydi va jiddiy asoratlarni, hatto umrbod falajlik yoki bolalik yoshidayoq o‘lim holatini olib kelishi mumkin.
Poliomiyelitni yuqtirib olish juda oson. Kasallangan kishi bilan muloqotda bo‘lish yoki havodagi tomchilar yo‘li bilan o‘tadigan virusni tashib yuruvchiga tegishning o‘zi kifoya. Organizm ichiga tushgan virus markaziy asab tizimini shikastlaydi, buning natijasida falaj yoki shol rivojlanishi mumkin. Kasallik kechishining bundan og‘irroq ko‘rinishlarida nafas tizimining shikastlanish hollari ham mumkin, bu muqarrar o‘limga olib keladi. Poliomiyelit bilan asosan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallanadilar. Kasallikning yashirin davri o‘rtacha 5-12 kun bo‘lib, ba’zida 35 kungacha davom etishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0