Saudiya Arabistoni Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekistonga 50 tonna xurmo sovg‘a qildi

© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaSaudovskaya Araviya v chest Ramazana podarila Uzbekistanu 50 tisach tonn finikov
Saudovskaya Araviya v chest Ramazana podarila Uzbekistanu 50 tisach tonn finikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obuna bo‘lish
Mazkur xurmolarni Ramazon oyi arafasida respublikadagi tashkilotlar, masjidlar, madrasalarga xayriya sifatida tarqatilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Saudiya Arabistoni Podshohligi Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekistonga 50 tonna xurmo sovg‘a qildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar qildi.
23 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbarlari hamda Saudiya Arabistoni podshohligining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
“Do‘stona uchrashuv chog‘ida Saudiya Arabistonidagi “Podshoh Salmon” nomidagi insonparvarlik yordami markazi tomonidan Ramazon oyi munosabati bilan xayriya sifatida 50 tonna xurmo topshirildi”, - deyilgan xabarda.
Mazkur xurmolarni “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Ramazon oyi arafasida respublikadagi tashkilotlar, masjidlar, madrasalarga xayriya sifatida tarqatilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0