Rossiya 1-apreldan O‘zbekiston va yana 5ta davlat bilan parvozlarni tiklaydi

© AFP 2023 / ADRIAN DENNISSamolet uzbekskix avialiniy
Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obuna bo‘lish
"Moskva - Toshkent" yo‘nalishida doimiy aviaparvozlar 1-apreldan boshlab amalga oshirila boshlaydi.
TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Rossiya 1-apreldan boshlab 6ta mamlakat bilan parvozlarni tiklaydi - Germaniya, Venesuela, Siriya, Tojikiston, Shri-Lanka va O‘zbekiston bilan aviaparvozlarni tiklaydi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Koronavirusga qarshi kurash operativ shtab xabariga asosan.

"Bo‘lib o‘tgan muhokamalardan so‘ng, alohida mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatni hisobga olib, bosh vazir Mixail Mishustin bilan kelishgan holda, 2021-yilning 1-apreliden boshlab Germaniya, Venesuela, Suriya, Tojikiston, Shri-Lanka va O‘zbekiston bilan doimiy aviaparvozlarni tiklashga qaror qilindi", - dedi bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova.

Parvozlar "Toshkent - Moskva" yo‘nalishida haftasiga bir marotaba amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, Rossiya va O‘zbekiston orasida koronavirus cheklovlari bekor qilinishi va chegaralar to‘liq ochilishi haqida hozircha aniq ma’lumot berilmagan.
Yangiliklar lentasi
0