O‘zbekiston Qirg‘izistonga qancha elektr energiya yetkazib beradi - kelishuv

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishNovosibirskaya GES
Novosibirskaya GES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Qirg‘izistonga elektr energiyasini yetkazib berishga kelishildi
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘zaro elektr energiyasini yetkazib berishga kelishib oldi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston mamlakat Energetika va sanoat vazirligi matbuot xizmatiga asosan.
Ta’kidlanishicha, 2021-yil martdan oktabrgacha va 2022-yil mart-aprel oylarida Qirg‘izistonga 750 million kilovatt-soatgacha elektr energiyasi yetkazib berish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2021
O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi - Qirg‘iziston hukumati tafsilotlarni oshkor qildi
Bunday chora-tadbirlar To‘qto‘g‘ul suv omborida suv to‘plash va uni 2021–2023 yillarda o‘sish mavsumida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi iste’molchilariga yetkazib berish maqsadida amalga oshiriladi.
Qirg‘iziston iyun-avgust oylarida xuddi shunday miqdordagi elektr energiyasini qaytarib beradi.
Avvalroq energetika vaziri Kubanichbek Turdubayev To‘qto‘g‘ul suv omboridagi suv sathi xavfli darajaga yetganini aytgandi.
Yangiliklar lentasi
0