Rossiyada kvota bo‘yicha o‘qish: qisman qayta sinov o‘tkazilishi e’lon qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStudenti na leksii.
Studenti na leksii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2021-yil 13-martda bo‘lib o‘tgan saralash testlari yuzasidan ko‘plab savollar paydo bo‘ldi.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik abituriyentlar Rossiya Federatsiyasi hukumati kvotalari doirasida Rossiya oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun sinovlardan o‘tmoqdalar.
Test sinovlari Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ko‘magida, Rossiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tkazildi.
Ayrim abituriyentlar, ularning ota-onalaridan 2021-yil 13-martda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan saralash testlari yuzasidan ko‘plab savollar paydo bo‘ldi.
Rossotrudnichestvo testlarning shaffofligi borasidagi shubhalarni yo‘qotish, noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatish va spekulyatsiya holatlarini to‘xtatish uchun 13-martda o‘tkazilgan imtihonlarning natijalarini bekor qildi.
Devushka sdayet ekzamen v den svadbi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2021
Kelin to‘yi kuni magistraturaga imtihon topshirdi – video
Shu kuni imtihonlarni topshirgan 56 kishi 5-16 aprel MDHning boshqa davlatlari va postsovet hududidan kelgan abituriyentlar bilan birgalikda onlayn formatda test sinovlaridan o‘tadilar. Aniq sana va vaqt Rossotrudnichestvo qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.
Natijalarning shaffofligi va obyektivligini ta’minlash uchun test imtihon ishtirokchilarini bevosita kuzatish tizimidan (proktoring) foydalanib amalga oshiriladi. Bu tanlov sinovlari uchun tartib-qoidalarga muvofiqligini ta’minlaydi. Proktoring tizimi 2020-yilda Armaniston, Abxaziya, Moldova va O‘zbekistonda sinovdan o‘tgan va o‘zini qiyin epidemiologik vaziyatda eng iste’dodli xorijiy abituriyentlarni tanlab olishning samarali vositasi sifatida ko‘rsatgan.
Yangiliklar lentasi
0