Sankt-Peterburgda avtohalokatga uchragan fuqaroga O‘zbekistonga qaytishda yordam berildi

© Agentstvo po vneshney trudovoy migratsiiTrudovomu migrantu popavshemu v DTP v Sankt-Peterburge pomogli vernutsya domoy
Trudovomu migrantu popavshemu v DTP v Sankt-Peterburge pomogli vernutsya domoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2021
Obuna bo‘lish
Avtohalokatga uchragan fuqaro uchun mehmonxonaday joy va O‘zbekistonga qaytish chiptasi olib berildi.
TOShKENT, 24 mar - Sputnik. Mart oyining boshida Sankt-Peterburgda iavtohalokatga uchrab oyog‘ini gipslashga majbur bo‘lgan mehnat migranti davlat hisobidan vataniga qaytirilmoqda, deb xabar qilmoqda Tashqi mehnat Migratsiyasi agentligi.
"2 mart kuni avtohalokatga uchradim. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilganimdan so‘ng ular meniga yordam berishdi, xostelga (mehmonxona) joylashtirishdi. 23-mart kuni O‘zbekistonga ketayapman. Ularga katta rahmat. Meni davlat hisobidan uyga jo‘natishmoqda" - deydi Sarimsoqov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidentining 2018-yilda chiqqan farmoniga asosan Xorijda mehnat faoliyati amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan edi.
Ushbu kunga qadar ushbu jamg‘arma xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan minglar fuqarolarga yordam berdi. Kimgadir bir martalik moddiy yordam, kimnidir uyiga jo‘natishga, yana kimgadir o‘z huquqlarini tiklashda va boshqa masalalarda yordam ko‘rsatilgan.
Yangiliklar lentasi
0