UzAirways kompaniyasiga chiptalarni sotish talablarini soddalashtirish taklif etildi

© Press-slujba MinzdravaV Tashkent priletel samolet s passajirami iz g. Uxan
V Tashkent priletel samolet s passajirami iz g. Uxan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2021
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, fuqarolar kassalardan o‘z yaqinlari uchun aviachipta sotib olmoqchi bo‘lishsa, ulardan fuqarolik pasportining asl nusxasi talab qilinmoqda. Bu esa yaqinlari boshqa viloyatlarda yashayotganlar uchun qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda
TOShKENT, 20 mar – Sputnik. UzAirways kompaniyasiga aviachiptalar sotib olish bo‘yicha belgilangan talablarni soddalashtirish yuzasidan senator so‘rovi yuborildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Oliy majlisi senati axborot-xizmati.
"...aholi bilan muloqotlar, joylardagi o‘rganishlar, tarmoqqa oid qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotining tahlili "UZBEKISTAN AIRWAYS" aksionerli jamiyatiga qarashli aviakassalar faoliyatida, ayniqsa, aviachipta sotishda eskirgan burokratik usullar hamon saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Xususan, "O’zbekiston havo yo’llari" aviakompaniyasining 2015-yil 25-oktabrdagi 75-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yo‘riqnomaning eskirgani, undagi tegishli normalarning takomillashtirilmagani fuqarolar uchun o‘rinsiz, mantiqsiz to‘siqlarni yuzaga keltirmoqda", - deyiladi xabarda.
Trudovie migranti vozvrashayutsya domoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2020
Mehnat migrantlari qanday qilib arzon chiptalar sotib olishmoqda
Mazkur Yo‘riqnomaning 3.1 bandiga muvofiq, agar fuqarolar "UZBEKISTAN AIRWAYS"ga qarashli kassalardan o‘z yaqinlari uchun aviachipta sotib olmoqchi bo‘lishsa, ulardan fuqarolik pasportining asl nusxasi talab qilinmoqda. Aks holda fuqarolarga aviachipta sotilmayapti. Oqibatda bu holat, ayniqsa, yaqinlari boshqa viloyatlarda yashayotganlar uchun qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda va yo‘lovchilarning haqli e’tirozlari kundan-kunga ko‘paymoqda, deyiladi xabarda.
Biroq "UZBEKISTAN AIRWAYS" aksiyadorlik jamiyatining "uzairways.online" sayti orqali onlayn tarzda fuqarolik pasportining seriya raqami va amal qilish muddatlarini ko‘rsatgan holda aviachiptani qonuniy asoslarda sotib olish imkoniyati mavjud.
Passajiri v aeroportu Sheremetyevo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2020
Shifokorlar foydalanilmagan avia-chipta pullarini qaytarib olishdi
Yuqoridagilarni inobatga olib hamda mamlakat aholisini ortiqcha va sun’iy to‘siqlardan, sansalorlikdan xalos qilish, shuningdek, aviachiptalar savdosidagi korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxanov "UZBEKISTAN AIRWAYS" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b. I.Maxkamovga senator so‘rovi yubordi.
Unda “O’zbekiston havo yo’llari” aviakompaniyasining 2015-yil 25-oktabrdagi 75-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yo‘riqnomaga aviachiptalar sotib olish bo‘yicha belgilangan talablarni soddalashtirishga qaratilgan tegishli o‘zgartishlar kiritish choralarini ko‘rish va natijasi yuzasidan ma’lumotlar taqdim etish so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0