https://oz.sputniknews.uz/20210319/tojikiston-muzliklar-17853564.html
Tojikistondagi muzliklarning erishi Markaziy Osiyo uchun xavf tug‘diradi – Rahmon
Tojikistondagi muzliklarning erishi Markaziy Osiyo uchun xavf tug‘diradi – Rahmon
Sputnik O‘zbekiston
Tojikistondagi muzliklarning erishi Markaziy Osiyo uchun xavf tug‘diradi - Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon. 19.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-19T15:07+0500
2021-03-19T15:07+0500
2021-03-19T15:07+0500
dunyoda
tojikiston
markaziy osiyo
bmt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/304/10/3041055_0:89:2326:1397_1920x0_80_0_0_df4f73f379f53156ca755c8c02f83177.jpg
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Tojikistondagi muzliklarning erishi Markaziy Osiyo uchun xavf tug‘diradi, deb aytdi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Barqaror rivojlanishning oltinchi maqsadiga bag‘ishlangan BMT Bosh assambleyasining onlayn-yig‘ilishida. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda Tojikistonda minglab kichik va o‘rta muzliklar butunlay erib, muzliklarning umumiy hajmi deyarli uch baravarga oshgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat nafaqat respublika ichida, balki mintaqaning boshqa davlatlariga ham salbiy ta’sir qiladi.Rahmon bayonotiga ko‘ra, bugungi kunda koronavirus kabi yangi tahdidlar fonida toza suvdan foydalanish va sanitariya masalalari har qachongidan ham dolzarb bo‘lib turibdi. Ushbu omillar barqaror rivojlanish jarayonida asosiy rolni o‘ynaydi.Prezidenti o‘z nutqida dunyo aholisining 29 foizi hali ham toza ichimlik suvidan, 55 foizi esa asosiy tibbiy xizmatlardan foydalana olmayotganini ta’kidladi.Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 20-yil ichida Tojikiston global rivojlanish kun tartibida suv muammolarini ilgari surish bo‘yicha katta sa’y-harakatlarni amalga oshirdi."Ishonch bilan aytish mumkinki, Tojikistonning suv sohasidagi tashabbuslari Barqaror rivojlanish maqsadlariga, shu jumladan suv resurslari bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadlarga erishish bo‘yicha aniq harakatlarni kuchaytirish va tezlashtirishga katta hissa qo‘shadi", - deb qo‘shimcha qildi prezident.Tojikiston yetakchisi mamlakat suv bilan bog‘liq har qanday muammolarni hal qilishni davom ettirishga va iqlim o‘zgarishi kabi zamonaviy tahdidlarning oldini olishga tayyorligini ta’kidladi.
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/304/10/3041055_173:0:2153:1485_1920x0_80_0_0_e1a62b2066e4fceb1924112faa2fa365.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, tojikiston, markaziy osiyo, bmt
dunyoda, tojikiston, markaziy osiyo, bmt
Tojikistondagi muzliklarning erishi Markaziy Osiyo uchun xavf tug‘diradi – Rahmon
Tojikistondagi muzliklarning erishi Markaziy Osiyo uchun xavf tug‘diradi - Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Tojikistondagi muzliklarning erishi Markaziy Osiyo uchun xavf tug‘diradi, deb aytdi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Barqaror rivojlanishning oltinchi maqsadiga bag‘ishlangan BMT Bosh assambleyasining onlayn-yig‘ilishida. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
"Muzning suv yuzasida ham, quruqlikda ham tez orada erishi yaqin kelajakda halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu jarayonning yorqin misoli Tojikistonda muzliklarning tez erishi bo‘lib, Markaziy Osiyoning suv resurslarining 60 foizigacha bo‘lgan qismini tashkil etadi"
Emomali Rahmon
Tojikiston prezidenti
Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda Tojikistonda minglab kichik va o‘rta muzliklar butunlay erib, muzliklarning umumiy hajmi deyarli uch baravarga oshgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat nafaqat respublika ichida, balki mintaqaning boshqa davlatlariga ham salbiy ta’sir qiladi.
Rahmon bayonotiga ko‘ra, bugungi kunda koronavirus kabi yangi tahdidlar fonida toza suvdan foydalanish va sanitariya masalalari har qachongidan ham dolzarb bo‘lib turibdi. Ushbu omillar barqaror rivojlanish jarayonida asosiy rolni o‘ynaydi.
Prezidenti o‘z nutqida dunyo aholisining 29 foizi hali ham toza ichimlik suvidan, 55 foizi esa asosiy tibbiy xizmatlardan foydalana olmayotganini ta’kidladi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 20-yil ichida Tojikiston global rivojlanish kun tartibida suv muammolarini ilgari surish bo‘yicha katta sa’y-harakatlarni amalga oshirdi.
"Ishonch bilan aytish mumkinki, Tojikistonning suv sohasidagi tashabbuslari Barqaror rivojlanish maqsadlariga, shu jumladan suv resurslari bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadlarga erishish bo‘yicha aniq harakatlarni kuchaytirish va tezlashtirishga katta hissa qo‘shadi", - deb qo‘shimcha qildi prezident.
Tojikiston yetakchisi mamlakat suv bilan bog‘liq har qanday muammolarni hal qilishni davom ettirishga va iqlim o‘zgarishi kabi zamonaviy tahdidlarning oldini olishga tayyorligini ta’kidladi.