https://oz.sputniknews.uz/20210318/rossiyada-ozbekiston-tashqi-savdo-vazirligining-vakolatkhonasi-ochiladi--17829380.html
Moskvada Tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi ochiladi - prezident qarori
Moskvada Tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi ochiladi - prezident qarori
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 18 mar – Sputnik. Rossiyada O‘zbekiston Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi ochiladi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat
2021-03-18T13:59+0500
2021-03-18T13:59+0500
2021-03-18T14:07+0500
iqtisod
o‘zbekiston
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1308/63/13086380_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_4251c3c0c3aa468340736051340cd89e.jpg
TOShKENT, 18 mar – Sputnik. Rossiyada O‘zbekiston Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi ochiladi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Rossiya orasida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida aytib o‘tilgan. Undan tashqari, prezident qarori bilan Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligi tarkibida “Rossiya federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi” tashkil qilinadi. Shuningdek, Investitsiyalar va Tashqi savdo vaziriga Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirishga ma’sul bo‘lgan investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari – Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktori lavozimi kiritildi.Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat bo‘ladi:Qaror matni bilan batafsil quyida tanishish mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20171201/Rossiya-va-Ozbekiston-ortasida-tashqi-savdo-aylanmasi-23ga-kopaydi-6972495.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1308/63/13086380_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_99ac07fa6f62ec300a1ab63835e36f13.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
iqtisod, o‘zbekiston, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Moskvada Tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi ochiladi - prezident qarori
13:59 18.03.2021 (yangilandi: 14:07 18.03.2021) Moskvada ishga tushadigan yangi vakolatxonaning asosiy vazifasi - Rossiya bilan yangi hamkorlik shartnomalari tuzish, loyihalarni muvofiqlashtirish bo‘ladi.
TOShKENT, 18 mar – Sputnik. Rossiyada O‘zbekiston Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi ochiladi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Rossiya orasida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida aytib o‘tilgan.
Moskva shahrida xodimlarning cheklangan soni 7 kishidan iborat Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi tashkil etilsin, - deyilgan prezident qarorida.
Undan tashqari, prezident qarori bilan Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligi tarkibida “Rossiya federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi” tashkil qilinadi.
Shuningdek, Investitsiyalar va Tashqi savdo vaziriga Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirishga ma’sul bo‘lgan investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari – Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktori lavozimi kiritildi.
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Rossiya bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik hamkorlik loyihalari va dasturlari ishlab chiqish va amalda ro‘yobga chiqarish;
Yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, logistika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Rossiya bilan turli darajalarda erishilgan kelishuvlarning so‘zsiz va sifatli ijro etilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni yo‘lga qo‘yish;
Rossiya Sanoat va savdo vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Loyiha ofisi” doirasida yangi sanoat loyihalarini ishlab chiqish va hamkorlikni amalga oshirishni ta’minlash.
Qaror matni bilan batafsil
quyida tanishish mumkin.