https://oz.sputniknews.uz/20210318/ozbekistonlik-oquvchilar-xalqaro-kavkaz-matematika-olimpiadasida-5-ta-medalga-ega-chiqdi-17831694.html
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida 5 ta medalga ega chiqdi
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida 5 ta medalga ega chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. 12-17 mart kunlari o‘tkazilgan VI Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar to‘rtta kumush va bitta bronza
2021-03-18T15:19+0500
2021-03-18T15:19+0500
2021-03-18T17:48+0500
jamiyat
o‘quvlar
xalq ta’limi vazirligi (xtv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/12/17831631_0:0:1300:731_1920x0_80_0_0_0e150a852e2309b6da01f822dc619aec.jpg
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. 12-17 mart kunlari o‘tkazilgan VI Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar to‘rtta kumush va bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. Buxoro viloyati, Qorako‘l xalqaro matematika maktabining 11 sinf o‘quvchisi Olimjon Olimov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10 sinf o‘quvchisi Muhammadrizo Madjidov, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi AFIDUM 9-sinf o‘quvchisi Jaloliddin Xolmatov va Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani 5 son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Diyorbek Tolibov kumush medalni qo‘lga kiritgan.Buxoro viloyati, Qorako‘l xalqaro matematika maktabining 11 sinf o‘quvchisi Doniyor Ismoilov bronza medalga ega chiqqan. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Nodira Sa’dullayeva esa faxriy yorliq bilan taqdirlangan.Olimpiada epidemiologik vaziyatni inobatga olib ham masofaviy, ham oflayn tarzda o‘tkazilgan. O‘zbekistonda olimpiada Toshkent shahridagi Prezident maktabida o‘tkazilgan..Olimpiada Rossiyaning “SIRIUS” iqtidorli bolalar markazi, Adigeya Respublikasi fan va ta’lim vazirligi, Kavkaz matematika markazi hamda Adigeya davlat univesiteti tomonidan har yili o‘tkazilib kelinadi. Unda Armaniston, Bolgariya, Belarus, Eron, Ozarbayjon, Peru, Qozog‘iston, Serbiya, Tojikiston, Turkiya, Shvetsiya, Shvetsariya va Rossiya Federatsiyasidan jami 100 dan ortiq jamoalar ishtirok etgan.
https://oz.sputniknews.uz/20200802/zbekistonlik-uvchilar-Khalaro-kim-olimpiadasida-kumush-va-bronza-medalni-lga-kiritdi-14682799.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/12/17831631_0:0:1300:975_1920x0_80_0_0_8a4faa1e3e491e43437d679a2c2da5f6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘quvlar, xalq ta’limi vazirligi (xtv)
jamiyat, o‘quvlar, xalq ta’limi vazirligi (xtv)
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida 5 ta medalga ega chiqdi
15:19 18.03.2021 (yangilandi: 17:48 18.03.2021) VI Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar to‘rtta kumush va bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. 12-17 mart kunlari o‘tkazilgan VI Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar to‘rtta kumush va bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Buxoro viloyati, Qorako‘l xalqaro matematika maktabining 11 sinf o‘quvchisi Olimjon Olimov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10 sinf o‘quvchisi Muhammadrizo Madjidov, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi AFIDUM 9-sinf o‘quvchisi Jaloliddin Xolmatov va Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani 5 son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Diyorbek Tolibov kumush medalni qo‘lga kiritgan.
Buxoro viloyati, Qorako‘l xalqaro matematika maktabining 11 sinf o‘quvchisi Doniyor Ismoilov bronza medalga ega chiqqan. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Nodira Sa’dullayeva esa faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
Olimpiada epidemiologik vaziyatni inobatga olib ham masofaviy, ham oflayn tarzda o‘tkazilgan. O‘zbekistonda olimpiada Toshkent shahridagi Prezident maktabida o‘tkazilgan..
Olimpiada Rossiyaning “SIRIUS” iqtidorli bolalar markazi, Adigeya Respublikasi fan va ta’lim vazirligi, Kavkaz matematika markazi hamda Adigeya davlat univesiteti tomonidan har yili o‘tkazilib kelinadi.
Unda Armaniston, Bolgariya, Belarus, Eron, Ozarbayjon, Peru, Qozog‘iston, Serbiya, Tojikiston, Turkiya, Shvetsiya, Shvetsariya va Rossiya Federatsiyasidan jami 100 dan ortiq jamoalar ishtirok etgan.