https://oz.sputniknews.uz/20210315/soh-anklavi-17757526.html
Qirg‘izistonda So‘x anklaviga o‘tish tartibi tushuntirildi
Qirg‘izistonda So‘x anklaviga o‘tish tartibi tushuntirildi
Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi vakolatxonasi O‘zbekistonning So‘x anklaviga koridor berilishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. 15.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-15T14:23+0500
2021-03-15T14:23+0500
2021-03-15T14:23+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
qirg‘iziston
sadir japarov
so‘x tumani
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/764/94/7649482_0:115:2201:1353_1920x0_80_0_0_b8dba42c90df3d9423ad6cb9dd0feb01.jpg
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi vakolatxonasi O‘zbekistonning So‘x anklaviga koridor berilishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.Qayd etilishicha, Botken viloyati orqali So‘x anklaviga o‘tish uchun transport koridori berilishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Mazkur masala yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilmoqda, deb ta’kidlandi vakolatxonada.Matbuot xizmati ta’kidlashicha, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida muzokaralarda avval koronavirus pandemiyasi sababli yopilgan “Qadamjoy” viloyatidagi “Kaytpas” nazoratdan-o‘tish punktini ochish masalasi muhokama qilingan.“Qo‘shni davlat fuqarolari, avvalgidek, Qirg‘izistonga “Qaytpas” nazorat-o‘tkazish punkti orqali kiradi va mamlakatimiz hududi orqali Otukchu punktigacha harakatlanadi, qayta tekshiruvdan so‘ng - O‘zbekistonning So‘x tumaniga kirishi mumkin”, - deb tushuntirishdi Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi vakolatxonasida.2020 yil martdan boshlash o‘zbekistonliklar anklavga faqat “Qadamjoy” avtomobil nazoratdan o‘tkazish punkti orqali kira olardi. “Kaytpasa” ochilishi bilan ushbu NO‘Pdagi fuqarolarning harakatlanishi osonlashadi, transport tirbandligi kamayadi, - deb ta’kidlashdi vakolatxonada.Shuningdek, anklavga aviaqatnovlar masalasi ham muhokama qilindi – bu maqsadda kichik samolyotlar parvoz qilishni boshlaydi.O‘tgan shanba kuni Qirg‘iziston prezidenti matbuot-kotibi Galina Bayterek Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha Qirg‘iziston tomoni O‘zbekiston anklaviga transport va avia-qatnovini ochishga tayyor ekanligi to‘g‘risida kelishuvga erishilganini aytdi. Anklav aholisi davlat chegarasi orqali erkin harakatlanishlari mumkin. O‘z navbatida O‘zbekiston tomoni Qirg‘izistonga, shu vaqtga qadar chegara oldida yashovchi aholi o‘rtasida bahs va siyosiy ziddiylashuv predmeti bo‘lib kelgan Unqur tog‘ hududiga da’vogarlik qilmaslikka tayyorligini bildirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210313/zbekiston-irizistonga-unur-to-uchastkasini-berishga-tayr---nimani-evaziga-17730201.html
o‘zbekiston
qirg‘iziston
so‘x tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/764/94/7649482_122:0:2077:1466_1920x0_80_0_0_8b5a44914842a98f349ccd68847fa530.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, qirg‘iziston, sadir japarov, so‘x tumani
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, qirg‘iziston, sadir japarov, so‘x tumani
Qirg‘izistonda So‘x anklaviga o‘tish tartibi tushuntirildi
Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi vakolatxonasi O‘zbekistonning So‘x anklaviga koridor berilishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi vakolatxonasi O‘zbekistonning So‘x anklaviga koridor berilishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi.
Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.
Qayd etilishicha, Botken viloyati orqali So‘x anklaviga o‘tish uchun transport koridori berilishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Mazkur masala yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilmoqda, deb ta’kidlandi vakolatxonada.
Matbuot xizmati ta’kidlashicha, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida muzokaralarda avval koronavirus pandemiyasi sababli yopilgan “Qadamjoy” viloyatidagi “Kaytpas” nazoratdan-o‘tish punktini ochish masalasi muhokama qilingan.
“Qo‘shni davlat fuqarolari, avvalgidek, Qirg‘izistonga “Qaytpas” nazorat-o‘tkazish punkti orqali kiradi va mamlakatimiz hududi orqali Otukchu punktigacha harakatlanadi, qayta tekshiruvdan so‘ng - O‘zbekistonning So‘x tumaniga kirishi mumkin”, - deb tushuntirishdi Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi vakolatxonasida.
2020 yil martdan boshlash o‘zbekistonliklar anklavga faqat “Qadamjoy” avtomobil nazoratdan o‘tkazish punkti orqali kira olardi. “Kaytpasa” ochilishi bilan ushbu NO‘Pdagi fuqarolarning harakatlanishi osonlashadi, transport tirbandligi kamayadi, - deb ta’kidlashdi vakolatxonada.
Shuningdek, anklavga aviaqatnovlar masalasi ham muhokama qilindi – bu maqsadda kichik samolyotlar parvoz qilishni boshlaydi.
O‘tgan shanba kuni Qirg‘iziston prezidenti matbuot-kotibi Galina Bayterek Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha Qirg‘iziston tomoni O‘zbekiston anklaviga transport va avia-qatnovini ochishga tayyor ekanligi to‘g‘risida kelishuvga erishilganini aytdi.
Anklav aholisi davlat chegarasi orqali erkin harakatlanishlari mumkin. O‘z navbatida O‘zbekiston tomoni Qirg‘izistonga, shu vaqtga qadar chegara oldida yashovchi aholi o‘rtasida bahs va siyosiy ziddiylashuv predmeti bo‘lib kelgan Unqur tog‘ hududiga da’vogarlik qilmaslikka tayyorligini bildirgan.