Hafta oxiriga kelib havo harorati keskin ko‘tariladi – O‘zgidromet

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVesna v Tashkente
Vesna v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2021
Obuna bo‘lish
Haftaning ikkinchi yarmi boshidan mamlakatga Eron hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi boshlanadi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zgidromet hafta davomida O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
15 mart kuni respublika hududi antisiklon ta’siri ostida bo‘ladi. Kun davomida havo 3-8° iliqgacha isiydi. Bu mart oyining o‘rtasi uchun meyoriy qiymatlardan ancha sovuqdir.
16 va 17-martda antisiklon periferiyasi O‘zbekiston hududidan sekin ortga chekinadi, kechalari biroz sovuq saqlanib turadi, kunduz kunlari esa asta-sekin isiydi va chorshanba kuni kunduz kungi harorat 9-14° iliqgacha ko‘tariladi.
Hududlarning ko‘p qismida ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida salqin va nam havo massalari kirib kelishi hisobiga ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Haftaning ikkinchi yarmi boshidan Eron hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi boshlanadi.
Havo harorati, ayniqsa, kunduz kunlari keskin ko‘tariladi. Ish haftasining oxiriga kelib, harorat kunduz kunlari 20-25° iliq, janubda 27° iliqgacha bo‘lgan qiymatlarga yetadi va meyordan 6-8° ga ko‘p bo‘ladi.
15-19 martda O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Yangiliklar lentasi
0