https://oz.sputniknews.uz/20210314/senat-ommaviy-tartibsizlikka-davat-uchun-jinoiy-javobgarlik-joriy-etishni-maqulladi-17741155.html
Senat ommaviy tartibsizlikka da’vat uchun jinoiy javobgarlik joriy etishni ma’qulladi
Senat ommaviy tartibsizlikka da’vat uchun jinoiy javobgarlik joriy etishni ma’qulladi
Sputnik O‘zbekiston
Ommaviy tartibsizlikka va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga ommaviy da’vat qilish uchun 3-yildan 5-yilgacha qamalish mumkin bo‘ladi. 14.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-14T11:57+0500
2021-03-14T11:57+0500
2021-04-14T18:39+0500
jamiyat
o‘zbekiston
jinoyat kodeksi
jinoiy javobgarlik
ommaviy tartibsizlik
o‘zbekiston oliy majlisi senati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/08/14928205_0:125:3199:1924_1920x0_80_0_0_0e2949381941fa49c2a048b974b3d9aa.jpg
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati o‘n uchinchi yalpi majlisida ommaviy tartibsizliklarga da’vat etish uchun jinoiy javobgarlik joriy etishni ko‘zda tutadigan qonunni ma’qulladi.Xabarda yozilishicha, so‘nggi vaqtlarda ayrim veb-sayt yoki veb-sayt egalari, shu jumladan blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning axborot olish va uni tarqatish madaniyati to‘liq shakllanmagani sababli, ushbu shaxslar o‘z huquqlarini amalga oshirishlarida boshqa shaxslarning qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlariga zarar yetkazish holatlari kuzatilmoqda.“Qolaversa, bunday shaxslarning axborot tarqatish sohasidagi huquqiy madaniyati shakllanmaganligi kelajakda ular tomonidan qonun talablarini buzib, o‘z veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan mamlakatning mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etish, urush, diniy ekstremizm g‘oyalarini targ‘ib qilish, davlat yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yuvchi hamda ommaviy tartibsizliklarga da’vat etuvchi kontentni tarqatish ehtimolini oshirmoqda”, - deyilgan xabarda.Shu sababli barcha qatori axborot egalarining ham so‘z mas’uliyati va uning oqibatlari bo‘yicha javobgarlikni his qilishi, boshqa shaxslarning huquqlari kafolatlanishi ham tegishlicha belgilab qo‘yilishi maqsadga muvofiqligi ta’kidlangan.Ushbu qonunni prezident imzolasa, Jinoyat kodeksining 244-moddasiga o‘zgartirish kiritiladi.Ushbu moddada hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga faollik bilan bo‘ysunmaslikka, ommaviy tartibsizlikka va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga ommaviy da’vat qilish kabi huquqbuzarlik uchun jarima yoki 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210215/Ommaviy-tartibsizlikka-davat-ilganlik-uchun-zhinoiy-zhavobgarlik-belgilanishi-mumkin-16000174.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/08/14928205_233:0:2964:2048_1920x0_80_0_0_e9841e135d9fed6223d0a89a06f13487.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, jinoyat kodeksi, jinoiy javobgarlik, ommaviy tartibsizlik, o‘zbekiston oliy majlisi senati
jamiyat, o‘zbekiston, jinoyat kodeksi, jinoiy javobgarlik, ommaviy tartibsizlik, o‘zbekiston oliy majlisi senati
Senat ommaviy tartibsizlikka da’vat uchun jinoiy javobgarlik joriy etishni ma’qulladi
11:57 14.03.2021 (yangilandi: 18:39 14.04.2021) Ommaviy tartibsizlikka va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga ommaviy da’vat qilish uchun 3-yildan 5-yilgacha qamalish mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati o‘n uchinchi yalpi majlisida ommaviy tartibsizliklarga da’vat etish uchun jinoiy javobgarlik joriy etishni ko‘zda tutadigan qonunni
ma’qulladi. Xabarda yozilishicha, so‘nggi vaqtlarda ayrim veb-sayt yoki veb-sayt egalari, shu jumladan blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning axborot olish va uni tarqatish madaniyati to‘liq shakllanmagani sababli, ushbu shaxslar o‘z huquqlarini amalga oshirishlarida boshqa shaxslarning qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlariga zarar yetkazish holatlari kuzatilmoqda.
“Qolaversa, bunday shaxslarning axborot tarqatish sohasidagi huquqiy madaniyati shakllanmaganligi kelajakda ular tomonidan qonun talablarini buzib, o‘z veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan mamlakatning mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etish, urush, diniy ekstremizm g‘oyalarini targ‘ib qilish, davlat yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yuvchi hamda ommaviy tartibsizliklarga da’vat etuvchi kontentni tarqatish ehtimolini oshirmoqda”, - deyilgan xabarda.
Shu sababli barcha qatori axborot egalarining ham so‘z mas’uliyati va uning oqibatlari bo‘yicha javobgarlikni his qilishi, boshqa shaxslarning huquqlari kafolatlanishi ham tegishlicha belgilab qo‘yilishi maqsadga muvofiqligi ta’kidlangan.
Ushbu qonunni prezident imzolasa, Jinoyat kodeksining 244-moddasiga o‘zgartirish kiritiladi.
Ushbu moddada hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga faollik bilan bo‘ysunmaslikka, ommaviy tartibsizlikka va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga ommaviy da’vat qilish kabi huquqbuzarlik uchun jarima yoki 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilmoqda.