https://oz.sputniknews.uz/20210313/zbekistonliklar-dollar-sotib-olishni-kamaytirdi-17729739.html
O‘zbekistonliklar dollar sotib olishni kamaytirdi
O‘zbekistonliklar dollar sotib olishni kamaytirdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Markaziy bank 2021-yilda jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi haqida ma’lumot chop etdi.
2021-03-13T10:12+0500
2021-03-13T10:12+0500
2021-03-13T10:12+0500
iqtisod
dollar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/12/15626566_0:158:3077:1889_1920x0_80_0_0_abd3f19b160bd9cc57fd68dd9e5ac4c0.jpg
TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Markaziy bank 2021-yilda jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi haqida ma’lumot chop etdi.Fevral oyida jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 527 million AQSh dollarini (yanvar oyida – 420 million AQSh dollari, o‘sish 25 %), sotib olish hajmlari esa, 307 million AQSh dollarini (yanvar oyida – 382 mln. AQSh doll., kamayish 20 %) tashkil etdi.O‘z navbatida, fevral oyi davomida jismoniy shaxslarning chet el valyutasiga bo‘lgan taklifi talabga nisbatan 220 mln. AQSh dollariga ko‘p miqdorda shakllandi.Hisobot oyida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablag‘lari hajmi 464 million AQSh dollarini tashkil etib, yanvar oyi ko‘rsatkichiga nisbatan 37 million AQSh dollariga (yoki 9%ga) oshgan.2021 yil fevral oyida yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasiga bo‘lgan talab yanvar oyiga (1,14 mlrd. AQSh doll.) nisbatan 15 foizga o‘sib 1,28 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.Valyuta bozorida chet el valyutasining asosiy qismi (51 foizi) ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, tovarlar va xom-ashyo importi, 27 foizi – xorijiy kreditlarni so‘ndirish, 19 foizi – xalq iste’moli tovarlari va dori-darmon mahsulotlari importi,2 foizi – xorijiy investorlar daromadlarining repatriatsiyasi va qolgan 1 foizi – boshqa maqsadlar uchun xarid qilingan.Markaziy bankning valyuta intervensiyalariUshbu davrda Markaziy bankning valyuta intervensiyalari oltin-valyuta zaxiralarining neytralligi prinsipiga asoslangan holda amalga oshirildi. Bunda, Markaziy bank tomonidan sotilgan chet el valyutasining sof hajmi oy davomida sotib olingan monetar oltin hajmi doirasida bo‘lishi ta’minlandi.Xususan, hisobot oyida Markaziy bank tomonidan monetar oltin sotib olinishi natijasida yuzaga kelgan qo‘shimcha likvidlilikni sterilizatsiya qilish maqsadida 4,1 trln. so‘m ekvivalentidagi valyuta mablag‘lari valyuta birjasida sotildi.Hisobot oyida importni moliyalashtirish manbalari tarkibida ichki valyuta bozorida sotib olingan mablag‘lar (konvertatsiya) ulushi 57 foizni, xorijiy valyutadagi o‘z mablag‘lari ulushi 27 foizni tashkil etdi.Hisobot davrida milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi valyuta bozoridagi talab va taklifning joriy nisbatidan kelib chiqib, ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllandi. Xususan, joriy yil yanvar-fevral oylari davomida milliy valyuta kursi 0,6 foizga qadrsizlandi (yil boshida 10 461 so‘m/dollar, fevral oy so‘ngida 10 525,5 so‘m/dollar).
https://oz.sputniknews.uz/20210313/fevral-oyida-ichki-valyuta-bozoridagi-operatsiyalarning-umumiy-azhmi-4ga-sdi---mb-17729476.html
https://oz.sputniknews.uz/20210208/Minus-zbekistonda-dollar-va-evro-pasaydi-15957132.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/12/15626566_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_ee1b5eaab6771c7efadfb635a9cd299b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, dollar
O‘zbekistonliklar dollar sotib olishni kamaytirdi
Xususan, joriy yil yanvar-fevral oylari davomida milliy valyuta kursi 0,6 foizga qadrsizlandi (yil boshida 10 461 so‘m/dollar, fevral oy so‘ngida 10 525,5 so‘m/dollar)
TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Markaziy bank 2021-yilda jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi haqida ma’lumot chop etdi.
Fevral oyida jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 527 million AQSh dollarini (yanvar oyida – 420 million AQSh dollari, o‘sish 25 %), sotib olish hajmlari esa, 307 million AQSh dollarini (yanvar oyida – 382 mln. AQSh doll., kamayish 20 %) tashkil etdi.
O‘z navbatida, fevral oyi davomida jismoniy shaxslarning chet el valyutasiga bo‘lgan taklifi talabga nisbatan 220 mln. AQSh dollariga ko‘p miqdorda shakllandi.
Hisobot oyida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablag‘lari hajmi 464 million AQSh dollarini tashkil etib, yanvar oyi ko‘rsatkichiga nisbatan 37 million AQSh dollariga (yoki 9%ga) oshgan.
2021 yil fevral oyida yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasiga bo‘lgan talab yanvar oyiga (1,14 mlrd. AQSh doll.) nisbatan 15 foizga o‘sib 1,28 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.
Valyuta bozorida chet el valyutasining asosiy qismi (51 foizi) ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, tovarlar va xom-ashyo importi, 27 foizi – xorijiy kreditlarni so‘ndirish, 19 foizi – xalq iste’moli tovarlari va dori-darmon mahsulotlari importi,2 foizi – xorijiy investorlar daromadlarining repatriatsiyasi va qolgan 1 foizi – boshqa maqsadlar uchun xarid qilingan.
Markaziy bankning valyuta intervensiyalari
Ushbu davrda Markaziy bankning valyuta intervensiyalari oltin-valyuta zaxiralarining neytralligi prinsipiga asoslangan holda amalga oshirildi. Bunda, Markaziy bank tomonidan sotilgan chet el valyutasining sof hajmi oy davomida sotib olingan monetar oltin hajmi doirasida bo‘lishi ta’minlandi.
Xususan, hisobot oyida Markaziy bank tomonidan monetar oltin sotib olinishi natijasida yuzaga kelgan qo‘shimcha likvidlilikni sterilizatsiya qilish maqsadida 4,1 trln. so‘m ekvivalentidagi valyuta mablag‘lari valyuta birjasida sotildi.
Hisobot oyida importni moliyalashtirish manbalari tarkibida ichki valyuta bozorida sotib olingan mablag‘lar (konvertatsiya) ulushi 57 foizni, xorijiy valyutadagi o‘z mablag‘lari ulushi 27 foizni tashkil etdi.
Hisobot davrida milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi valyuta bozoridagi talab va taklifning joriy nisbatidan kelib chiqib, ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllandi.
Xususan, joriy yil yanvar-fevral oylari davomida milliy valyuta kursi 0,6 foizga qadrsizlandi (yil boshida 10 461 so‘m/dollar, fevral oy so‘ngida 10 525,5 so‘m/dollar).