https://oz.sputniknews.uz/20210313/ishtonimgacha-titib-krishdi-lukashenko-zi-aidagi-filmning-adar-tntarini-chiardi--17736240.html
“Ishtonimgacha titib ko‘rishdi”: Lukashenko o‘zi haqidagi filmning "ag‘dar-to‘ntarini" chiqardi
“Ishtonimgacha titib ko‘rishdi”: Lukashenko o‘zi haqidagi filmning "ag‘dar-to‘ntarini" chiqardi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda ekstremistik deb topilgan Telegram-kanallarning birida e’lon qilingan Belarus
2021-03-13T16:15+0500
2021-03-13T16:15+0500
2021-03-13T16:20+0500
dunyoda
aleksandr lukashenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/08/12/14792647_0:164:3061:1885_1920x0_80_0_0_116bc5da83b30069bd7d2dd4d7a7eb69.jpg
TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda ekstremistik deb topilgan Telegram-kanallarning birida e’lon qilingan Belarus davlati rahbarining go‘yoki "shohona hayoti" haqida so‘zlovchi filmni fisqu-fasod asosida yaratilgan deya atadi, deb xabar bermoqda "BelTA".Sal avval internetda "Lukashenko. Oltin jarlik" deb nomlangan bir yarim soatli surishtiruv-film paydo bo‘lgan va unda mualliflar Belarus prezidentining go‘yoki mavjud "xilvatgoh"lari haqida so‘z yuritgandilar."Aytishlaricha, juda katta, nihoyatda uzun filmmish. Uncha vaqt ko‘rishga vaqtim yo‘q. Menga shunchaki bloklar bo‘yicha tahlillarni berishdi. O‘z navbatida, unda yangilik yo‘q rostdan degan xulosaga keldim", – dedi Lukashenko, filmni oxirigacha ko‘rishga ulgurmaganini qo‘shimcha qilgan holda.U, shuningdek, filmda taqdim etilgan ma’lumotlar yolg‘onligini, "hech qachon odamlardan nimanidir o‘g‘irlashga o‘ziga ruxsat bermasligini" ta’kidladi.Belarus prezidenti muxolifat "bu mavzuga qo‘l urib, vaqtni zoe ketkizganini qo‘shimcha qildi."Saroylar, yana allambalolar, oxirida ishtonimgacha ko‘z olaytirishdi. Menga qarang, bu odobdan emas, axir. Hech qanday aloqasi bo‘lmagan familiyalarni keltirib o‘tapsiz, o‘lay agar. Nega?" – dedi Aleksandr Lukashenko.
https://oz.sputniknews.uz/20210211/Lukashenko-arbni-Belarusga-anday-yashash-kerakligini-rgatmaslikka-chairdi-15982713.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/08/12/14792647_164:0:2895:2048_1920x0_80_0_0_e0435548c653c9bd73206f328add2bfc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aleksandr lukashenko
dunyoda, aleksandr lukashenko
“Ishtonimgacha titib ko‘rishdi”: Lukashenko o‘zi haqidagi filmning "ag‘dar-to‘ntarini" chiqardi
16:15 13.03.2021 (yangilandi: 16:20 13.03.2021) Aleksandr Lukashenko muxolifat tomonidan o‘zining "shohona hayoti" haqida suratga olingan filmga baho berishda bor-bisotidagi so‘zlarni ayab o‘tirmadi.
TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda ekstremistik deb topilgan Telegram-kanallarning birida e’lon qilingan Belarus davlati rahbarining go‘yoki "shohona hayoti" haqida so‘zlovchi filmni fisqu-fasod asosida yaratilgan deya atadi, deb xabar bermoqda "BelTA".
Sal avval internetda "Lukashenko. Oltin jarlik" deb nomlangan bir yarim soatli surishtiruv-film paydo bo‘lgan va unda mualliflar Belarus prezidentining go‘yoki mavjud "xilvatgoh"lari haqida so‘z yuritgandilar.
"Aytishlaricha, juda katta, nihoyatda uzun filmmish. Uncha vaqt ko‘rishga vaqtim yo‘q. Menga shunchaki bloklar bo‘yicha tahlillarni berishdi. O‘z navbatida, unda yangilik yo‘q rostdan degan xulosaga keldim", – dedi Lukashenko, filmni oxirigacha ko‘rishga ulgurmaganini qo‘shimcha qilgan holda.
U, shuningdek, filmda taqdim etilgan ma’lumotlar yolg‘onligini, "hech qachon odamlardan nimanidir o‘g‘irlashga o‘ziga ruxsat bermasligini" ta’kidladi.
Belarus prezidenti muxolifat "bu mavzuga qo‘l urib, vaqtni zoe ketkizganini qo‘shimcha qildi.
"Saroylar, yana allambalolar, oxirida ishtonimgacha ko‘z olaytirishdi. Menga qarang, bu odobdan emas, axir. Hech qanday aloqasi bo‘lmagan familiyalarni keltirib o‘tapsiz, o‘lay agar. Nega?" – dedi Aleksandr Lukashenko.