"Fukusima-1" AESida avariya yuz bergan kun: 10-yil o‘tib Yaponiya qanday yashamoqda? — video

Obuna bo‘lish
O‘n yil oldin Yaponiyaning "Fukusima-1" atom elektr stansiyasida falokat yuz bergan edi.
O‘shanda avariya kuchli zilzila va undan so‘ng sodir bo‘lgan sunami tufayli yuzaga kelgan. Yuz bergan tabiiy ofat oqibatida AESning avariyali sovutkich tizimlari ishdan chiqqan.
Bu uchta energoblok reaktorlarida yadroviy yoqilg‘ining qizib ketishiga olib kelgan. Portlashlar yuzaga kelgan va radioaktiv moddalar havoda tarqalgan.
Xavfli elementlar 1 ming kvadrat kilometr hududga tarqalib ketgan. Bu - o‘lcham jihatdan 2,5ta Lyuksemburgga yoki bitta Moskvaga teng. Avariya oqibatida 160 ming kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan!
Bu Chernobil AESidagi falokat davridan buyon ro‘y bergan eng dahshatli yadroviy fojia sanaladi. Oradan 10-yil o‘tib Yaponiya qanday hayot kechirmoqda, nimalar o‘zgardi, nima o‘zgarishsiz qoldi – videosujetda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0