"Ko‘chmanchilar yeri": nima uchun ushbu film bosh Oskar olishi muqarrar

© Cor Cordium ProductionsKadr iz filma "Zemlya kochevnikov"
Kadr iz filma Zemlya kochevnikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2021
Obuna bo‘lish
Road-muvi uslubiga suratga olingan ushbu kino, karantin cheklovlari bilan qamrab olingan 2021-yilda tomoshabinga avtomobil old o‘rindig‘iga o‘trib butun Amerika bo‘ylab sayohat qilayotgan tuyg‘u beradi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik, Yegor Belikov. Rejisser Xloi Chjaoning bor-yo‘g‘i uchini to‘liq metrajli filmi bo‘lgan "Ko‘chmanchilar yeri" (Nomadland) kartinasi 2020-yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tgan premyerasidan so‘ng yo‘lida uchragan barcha sovrinlarni yutib kelmoqda.
U allaqachon "eng yaxshi dramatik film" va "eng yaxshi rejissura" kategoriyalarida 2ta "Oltin globus"ni qo‘lga kiritdi. Ayni damda amerika bukmekerlari bir ovozdan unga "Oskar"ni taqdim etmoqda.

Manzilsiz yo‘l

"Ko‘chmanchilar yeri" tomosha qilgan kishiga juda tanishdek, xuddiki ushbu film oldin ham har doim qayerdadir yonginamizda bo‘lgandek taasurot qoldiradi. Ingliz tilida bunday tuyg‘u uyg‘otgan asarni instant classic — ya’ni bir zumda "klassikaga aylangan" deyiladi.
"Ko‘chmanchilar yeri" - kishida vaqti vaqti bilan unig dunyosiga qayta sho‘ng‘ish istagini uyg‘otadigan filmdir. Fren (Frensis Makdormand) unga uy vazifasini bajaruvchi furgon mashinada Amerika bo‘ylab kezadi. U turmush o‘rtog‘i vafot etganidan so‘ng va o‘zi yashab turgan shaharchasi yo‘q bo‘lib ketganidan so‘ng maqsadsiz yo‘lga otlangan edi.
Uning maqsadi qandaydir romantik his tuyg‘ular yoki sayohat qilish istagi emas, balkim yo‘llarda onda-sonda duch kelgan ishlarni bajarib, avtomobil-uyda yashash. Bunday hayot tarzi oddiy uyda yashashga qaraganda arzonroq va ishonchliroq.
© Cor Cordium ProductionsKadr iz filma "Zemlya kochevnikov"
Kadr iz filma Zemlya kochevnikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2021
Kadr iz filma "Zemlya kochevnikov"
Yo‘l-yo‘lakay Fren o‘ziga o‘xshagan ko‘plab kishilarni uchratadi. Ularning barchasi katta yo‘ldagi haqiqiy ko‘chmanchilar desa bo‘ladi. Ular biroz vaqt birga bo‘lib, keyin yana o‘z yo‘liga tarqalib ketishadi. Ko‘chmanchilar bir-biriga hechqachon "xayr" demaydi, ular har doim "yo‘llarda ko‘rishamiz" deyishadi.

Kapitalizmning chekka qirg‘oqlarida

Eng hayratlanarlisi - bunday submadaniyat kino ijodkorlari tomonidan o‘ylab topilmagan. AQShdagi haqiqatdan ham millionlab kishilar ana shunday hayot kechiradi. Film Djessika Bruderning deyarli hujjatli desa bo‘ladigan "Ko‘chmanchilar yeri: XXI asr Amerikasidan qanday jon saqlash kerak" nomli romaninng batafsil takrorlangan ekranizatsiyasidir.
Darhaqiqat, Amerikada pensionerlar normal hayot kechirish uchun mablag‘i yetishmasligi tez-tez uchrab turadigan holat. Shuning uchun ular birinchi navbatda uy xarajatlaridan voz kechadi (yoki ularning umuman uyi yo‘q), ikkinchidan, keksayganda mamlakat bo‘ylab arzon sayohat qilishni istashadi. Va uchinchidan yo‘l-yo‘lakay unchalik qiyin bo‘lmagan biror vaqtinchalik ish topishga umid qilishadi. Bu, albatta, achinarli, lekin hayot shunday.
Demak, Xloya Chjaoning ushbu filmi qandaydir mavhum maqsadlarda, yoki faqat san’at yo‘lida suratga olingan navbatdagi "ekshn" yoki "triller" emas. Bu Amerika kapitalizmining asl qiyofalaridan birini ko‘rsatuvchi, real hayotni aks ettirgan kinodir. Film muallifining o‘zi ham uni ana shunday ta’riflaydi.
© Cor Cordium ProductionsKadr iz filma "Zemlya kochevnikov"
Kadr iz filma Zemlya kochevnikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2021
Kadr iz filma "Zemlya kochevnikov"
Film voqealarida 2010-yil boshi aks etgan. Nega dunyoning eng boy mamlakatlaridan birida keksa odamlar jon saqlash uchun uyidan voz kechib, qandaydir mayda-chuyda ishlarni bajarishga majbur bo‘lmoqda?
Bosh qahramon Fren goh fastfud oshxonasida. goh Amazon omborxonasida ishlashga majbur. O‘tgan asr boshida Ford zavodida ishlagan amerikaliklar "o‘rta sinf" hisoblangan bo‘lsa bugun qo‘l ishi bilan faqat hech vaqosi yo‘q qariyalar shug‘ullanmoqda. .

Boshqalariga o‘xshamagan "road-muvi"

AQSh kinematografiyasi "road muvi", ya’ni yo‘l-yo‘lakay olingan sarguzasht-falsafiy kino janri tez-tez uchraydi. Buni milliy an’ana desa ham bo‘ladi. "Ko‘chmanchilar yeri" ham "G‘amsiz haydovchi", "Tentak va undan ham tentakroq", "Yarim tungi kovboy", "Logan", "Mening shaxsiy shatim Aydaxo" kabi mashhur lentalar qatoridan o‘rin oldi.
Umuman amerikaliklarni haligacha ozroq piligrim (sayohatchi) desa ham bo‘ladi. Ular avtomobilda uzoq yo‘lga chiqishni, Tinch okeanidan Atlantika okeanigacha yetib borish va ortga qaytishni orzu qilishadi. Avtomobilning old va yon oynasi orqali ko‘ringan manzara ular uchun alohida ahamiyat kasb etadi. U yerdan bu yerga sayohat qilayotganda ular hayot mazmuni va abadiy qadriyatlar haqida xayol surishadi.
© Cor Cordium ProductionsKadr iz filma "Zemlya kochevnikov"
Kadr iz filma Zemlya kochevnikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2021
Kadr iz filma "Zemlya kochevnikov"
"Ko‘chmanchilar yeri" - tomoshabinga go‘yoki ana shunday avtomobillardan birining old o‘rindig‘iga o‘tirib, butun Amerika bo‘ylab kezayotgandek tuyg‘u beradi. Kimdir o‘zini bosh qahramon Frenga o‘xshatishi mumkin - u xuddi oynadek ko‘pchillikni o‘zida aks ettiradi.
Fren rolini ijro etgan Frensis Makdormand - o‘z ishini oliy darajada bajargan. Ushbu rol uchun u bir necha kunga o‘z hayotining unutib, haqiqiy uysiz ko‘chmanchiga aylangan. Bir so‘z bilan aytganda - u rolni genial ijro etgan.
Filmda aks etgan Amerika peyzajlari ham - ajoyib, eng sara manzaralar. Bularning hammasi Lyudoviko Eynaudining sokin fortepiano musiqali "sousi" ostida tomoshabinga yetkaziladi. Menimcha bundan faqat rohatlanish mumkin, xolos.
Filmning ham rejisseri ham ssenariy muallifi bo‘lgan Xloya Chjao, hech qanday yangilik yaratmagan bo‘lsada, bir necha kategoriyalar bo‘yicha katta muvaffaqiyatga erishdi. Ushbu film bir vaqtning o‘zida ajoyib road-muvi va jamiyatning ayanchi holatining isbotidir.
Vibor filma dlya Oskara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2020
Oskar mukofotiga O‘zbekistondan qaysi film taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi - treyler
Lekin harchand qiyinchiliklarga, og‘ir hayot sharoitlariga qaramasdan, film qahramonlari hayotdan bahra olishga, pul haqida qayg‘urmaslikka, yolg‘izlik va noma’lumlikdan qo‘rqmasdan uzoq sayohatlarga chiqishga harakat qilishadi.
Menimcha, karantin cheklovlari bilan qamrab olingan 2021-yilda ularga faqat havas qilish mumkin. Shu sababdan ham "Ko‘chmanchilar yeri"da har bir tomoshabin o‘zi uchun qandaydir ruhiy qoniqish topsa ajab emas.
Xloya Chjao, asl ismi Chjao Tin, 1982-yil 31-martda Xitoyning Pekin shahrida tug‘ilgan. Amerikalik kinorejisser, ssenarist. Birinchi filmini 2015-yilda suratga olgan. Ayni damda 4 film muallifi, 2ta "Oltin globus" sohibasi.
© Wikipedia / VegafiXloya Chjao
Xloya Chjao  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2021
Xloya Chjao
Yangiliklar lentasi
0