https://oz.sputniknews.uz/20210306/Kamilov-EI-delegatsiyasi-rabarini-abul-ildi-anday-masalalar-krib-chiildi--16143418.html
Kamilov YeI delegatsiyasi rahbarini qabul qildi: qanday masalalar ko‘rib chiqildi?
Kamilov YeI delegatsiyasi rahbarini qabul qildi: qanday masalalar ko‘rib chiqildi?
Sputnik O‘zbekiston
Suhbat davomida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning... 06.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-06T11:31+0500
2021-03-06T11:31+0500
2021-03-06T11:31+0500
yangiliklar
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/17/15461564_0:0:2923:1645_1920x0_80_0_0_8b944c465e36de6f55d48bcc866e139d.jpg
TOShKENT, 6 mar - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 5-mart kuni Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari etib tayinlangan, elchi Sharlotta Adrianni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.Elchi vazirga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.Vazir Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbarini mazkur tayinlov bilan tabrikladi, unga O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashda muvaffaqiyatlar tiladi.Suhbat davomida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.Tomonlar O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralar jarayonini ijobiy baholadilar.Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, jumladan "O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi" hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi, "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotining navbatdagi davrasini o‘tkazish jadvali, kun tartibi va tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.2021-yil mart oyining oxiriga qadar O‘zbekistonga "GSP+" maqomi berilishiga umid bildirildi, bu esa O‘zbekiston va YeI mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni oshirishga yordam beradi.YeI bilan ta’lim sohasida, xususan, yangi "Erasmus" dasturi orqali yaqin hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirildi.Uchrashuvda umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20201118/EI-Markaziy-Osi-davlatlariga-134-million-evro-rdam-puli-azhratdi-15430634.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/17/15461564_68:0:2799:2048_1920x0_80_0_0_3c0cc62b0b1f0307465249e3977191cc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangiliklar, siyosat
Kamilov YeI delegatsiyasi rahbarini qabul qildi: qanday masalalar ko‘rib chiqildi?
Suhbat davomida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
TOShKENT, 6 mar - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 5-mart kuni Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari etib tayinlangan, elchi Sharlotta Adrianni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Elchi vazirga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Vazir Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbarini mazkur tayinlov bilan tabrikladi, unga O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashda muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat davomida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralar jarayonini ijobiy baholadilar.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, jumladan "O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi" hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi, "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotining navbatdagi davrasini o‘tkazish jadvali, kun tartibi va tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.
2021-yil mart oyining oxiriga qadar O‘zbekistonga "GSP+" maqomi berilishiga umid bildirildi, bu esa O‘zbekiston va YeI mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni oshirishga yordam beradi.
YeI bilan ta’lim sohasida, xususan, yangi "Erasmus" dasturi orqali yaqin hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirildi.
Uchrashuvda umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi.