https://oz.sputniknews.uz/20210226/Prezident-Toshkent-viloyatida-amalga-oshiriladigan-loyialar-bilan-tanishdi-16079622.html
Prezident Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi
Prezident Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatining Qibray tumanida ulkan bog‘ va Olimpiya shaharchasi qurish rejalashtirilmoqda. U yerda 2025-yilda yoshlar o‘rtaidagi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tishi... 26.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-26T10:38+0500
2021-02-26T10:38+0500
2021-02-26T10:40+0500
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/1a/16079630_0:67:1281:787_1920x0_80_0_0_a7b0995497283fcac3bbc7f5402d679a.jpg
TOShKENT, 26 fev - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-fevral kuni Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.Ana shunday loyihalardan biri - Toshkent viloyatining Qibray tumanida, “Toshkent-Sharqiy” aerodromi yaqinida 155 gektarlik bog‘ barpo etish loyihasi bo‘ldi.Mazkur bog‘ning yonida Olimpiya shaharchasi qurilishi rejalashtirilmoqda. Ma’lumki, Osiyo Olimpiya kengashining qaroriga ko‘ra, 2025-yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari Toshkentda o‘tkaziladi. Unda qit’amizdagi 45 ta mamlakat yoshlari 20 ga yaqin sport turi bo‘yicha bellashadi.Aytish joizki, bunday nufuzli xalqaro musobaqa O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba o‘tkaziladi. Davlatimiz rahbari bu mamlakatimizga ko‘rsatilgan katta ishonch ekanini, ushbu musobaqaga hozirdan boshlab puxta tayyorgarlik ko‘rish kerakligini ta’kidlagan edi.Shu maqsadda 160 gektar maydonda Olimpiya shaharchasi qurish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan. Chirchiq darosining 5 kilometrdan ziyod qismida qirg‘oqlarni tartibga keltirib, eshkak eshish bo‘yicha musobaqalar uchun zarur sharoit yaratish mo‘ljallangan. Uning bo‘ylarida esa 270 gektarlik park etilishi rejalashtirilgan.Shuningdek, Qibray tumanining ushbu hududida 2 ta universitet, shifoxona, ekspo, savdo va ko‘ngilochar markaz binolari joylashtirilishi nazarda tutilmoqda.Prezident loyihalarni sifat va qulaylik jihatidan takomillashtirish, inshootlarni qurishda jahondagi eng ilg‘or tajribalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/1a/16079630_70:0:1209:854_1920x0_80_0_0_1557cf0a2bbfe87a5c1e959a3e0ca790.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat
Prezident Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi
10:38 26.02.2021 (yangilandi: 10:40 26.02.2021) Toshkent viloyatining Qibray tumanida ulkan bog‘ va Olimpiya shaharchasi qurish rejalashtirilmoqda. U yerda 2025-yilda yoshlar o‘rtaidagi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 26 fev - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-fevral kuni Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot
xizmati.
Ana shunday loyihalardan biri - Toshkent viloyatining Qibray tumanida, “Toshkent-Sharqiy” aerodromi yaqinida 155 gektarlik bog‘ barpo etish loyihasi bo‘ldi.
Uni ishlab chiqishda dunyo megapolislaridagi mashhur parklarning landshafti, qulayliklari o‘rganilgan. Bu bog‘ faqat daraxtzor, buta va gullardan iborat o‘ziga xos dendropark bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bu poytaxtimiz ekologiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadigan, aholi va mehmonlar sayr qiladigan “yashil hudud” bo‘ladi, - deyilgan xabarda.
Mazkur bog‘ning yonida Olimpiya shaharchasi qurilishi rejalashtirilmoqda. Ma’lumki, Osiyo Olimpiya kengashining qaroriga ko‘ra, 2025-yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari Toshkentda o‘tkaziladi. Unda qit’amizdagi 45 ta mamlakat yoshlari 20 ga yaqin sport turi bo‘yicha bellashadi.
Aytish joizki, bunday nufuzli xalqaro musobaqa O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba o‘tkaziladi. Davlatimiz rahbari bu mamlakatimizga ko‘rsatilgan katta ishonch ekanini, ushbu musobaqaga hozirdan boshlab puxta tayyorgarlik ko‘rish kerakligini ta’kidlagan edi.
Shu maqsadda 160 gektar maydonda Olimpiya shaharchasi qurish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan. Chirchiq darosining 5 kilometrdan ziyod qismida qirg‘oqlarni tartibga keltirib, eshkak eshish bo‘yicha musobaqalar uchun zarur sharoit yaratish mo‘ljallangan. Uning bo‘ylarida esa 270 gektarlik park etilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Qibray tumanining ushbu hududida 2 ta universitet, shifoxona, ekspo, savdo va ko‘ngilochar markaz binolari joylashtirilishi nazarda tutilmoqda.
Prezident loyihalarni sifat va qulaylik jihatidan takomillashtirish, inshootlarni qurishda jahondagi eng ilg‘or tajribalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.