Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishUniversiada. 7-y den. Tajelaya atletika
Universiada. 7-y den. Tajelaya atletika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2021
Obuna bo‘lish
Mazkur chempionatda 31 davlatdan 300 dan ortiq atlet ishtirok etishi kutilmoqda. Mamlakat sharafini Rio olimpiadasi chempioni Ruslan Nurudinov ham himoya qiladi.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Toshkent shahri 2021-yil 16 — 25-aprel kunlari og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionatini qabul qiladi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Pandemiya sabab yuzaga kelgan uzoq tanaffusdan keyin qit’aning eng sara atletlari Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.
Qayd etilishicha, ushbu musobaqada mamlakat sharafini Rio olimpiadasi chempioni Ruslan Nurudinov ham himoya qiladi.
Mazkur chempionatda 31 davlatdan 300 dan ortiq atlet ishtirok etishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0