https://oz.sputniknews.uz/20210220/zbekistonda-Zhinoyat-kodeksiga-zgartirishlar-kiritildi-16046227.html
O‘zbekistonda Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi
O‘zbekistonda Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi
Sputnik O‘zbekiston
Jinoyat-protsessual kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, ushlab turish muddati amalda ushlangan paytdan e’tiboran ko‘pi bilan 48 soatni tashkil etadi. 20.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-20T09:28+0500
2021-02-20T09:28+0500
2021-02-20T09:28+0500
yangiliklar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/463/26/4632659_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_6d0cc577f4705c49c63d9ac59edeca6f.jpg
TOShKENT, 20 fev - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.Hujjatga ko‘ra, himoyachi ishtirok etishi shart bo‘lgan jinoyat ishlari qatoriga quyidagilar kiritildi:sud tomonidan dastlabki eshituv o‘tkazilayotgan ishlar;o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlar;shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilayotganda;aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan ishlar.Ayni paytda voyaga yetmaganlarning ishi bo‘yicha, sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmaydiganlar, jismoniy nuqsoni yoki ruhiy holati buzilganligi sababli o‘zini o‘zi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan shaxslar, jazo chorasi sifatida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan va boshqa shaxslarning ishi bo‘yicha himoyachi ishtirok etishi shartligi belgilangan.Bundan tashqari, Jinoyat-protsessual kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, shaxs amalda ushlangan yoki uni jinoyat joyida ushlash bilan bog‘liq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan paytdan boshlab u bilan bog‘liq protsessual harakatlar amalga oshirilgunga qadar uning himoyachi bilan xoli uchrashishi ta’minlanadi.Kiritilgan tuzatishlarga ko‘ra, tezkor-qidiruv faoliyatini olib boruvchi organlar mansabdor shaxslarining gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchidan ariza, tushuntirish xati yoki ko‘rsatmalar olishi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning yozma ruxsati asosida va faqat himoyachi ishtirokida (himoyachining rad etish hollari bundan mustasno) olishi mumkin.Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, ushlab turish muddati amalda ushlangan paytdan e’tiboran ko‘pi bilan 48 soatni tashkil etadi. Ilgari bu muddat ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan boshlab hisoblangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/463/26/4632659_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_011c8e5b11d73cafe784cd9ed8c2697c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangiliklar
O‘zbekistonda Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi
Jinoyat-protsessual kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, ushlab turish muddati amalda ushlangan paytdan e’tiboran ko‘pi bilan 48 soatni tashkil etadi.
TOShKENT, 20 fev - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, himoyachi ishtirok etishi shart bo‘lgan jinoyat ishlari qatoriga quyidagilar kiritildi:
sud tomonidan dastlabki eshituv o‘tkazilayotgan ishlar;
o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlar;
shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilayotganda;
aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan ishlar.
Ayni paytda voyaga yetmaganlarning ishi bo‘yicha, sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmaydiganlar, jismoniy nuqsoni yoki ruhiy holati buzilganligi sababli o‘zini o‘zi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan shaxslar, jazo chorasi sifatida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan va boshqa shaxslarning ishi bo‘yicha himoyachi ishtirok etishi shartligi belgilangan.
Bundan tashqari, Jinoyat-protsessual kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, shaxs amalda ushlangan yoki uni jinoyat joyida ushlash bilan bog‘liq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan paytdan boshlab u bilan bog‘liq protsessual harakatlar amalga oshirilgunga qadar uning himoyachi bilan xoli uchrashishi ta’minlanadi.
Kiritilgan tuzatishlarga ko‘ra, tezkor-qidiruv faoliyatini olib boruvchi organlar mansabdor shaxslarining gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchidan ariza, tushuntirish xati yoki ko‘rsatmalar olishi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning yozma ruxsati asosida va faqat himoyachi ishtirokida (himoyachining rad etish hollari bundan mustasno) olishi mumkin.
Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, ushlab turish muddati amalda ushlangan paytdan e’tiboran ko‘pi bilan 48 soatni tashkil etadi. Ilgari bu muddat ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan boshlab hisoblangan.