https://oz.sputniknews.uz/20210217/zbekiston-COVID-19-vaktsinasi-ammuallifi-sifatida-tan-olindi-16018055.html
O‘zbekiston COVID-19 vaksinasi hammuallifi sifatida tan olindi
O‘zbekiston COVID-19 vaksinasi hammuallifi sifatida tan olindi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Xitoyning ZF-2001 vaksinasi sinovlarida faol ishtirok etgani hamda klinik tadqiqotlarga qo‘shgan hissasi uchun mazkur vaksinaning hammuallifi, ya’ni... 17.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-17T11:01+0500
2021-02-17T11:01+0500
2021-05-16T12:12+0500
jamiyat
o‘zbekiston
vaksina
emlash
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/10/16014022_0:109:2466:1496_1920x0_80_0_0_19fbd0035260a66435d8f9ea3559d930.jpg
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Xitoyning koronavirusga qarshi ZF-2001 vaksinas tez orada O‘zbekistonda ZF-VakUz nomi bilan tarqatilishi kutilyapti. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida xabar berildi.Innovatsion rivojlanish va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining ZF-2001 vaksinasi sinovlarida faol ishtirok etgani, shuningdek, klinik tadqiqotlarga qo‘shgan hissasini inobatga olib, O‘zbekiston mazkur vaksinaning hammuallifi, ya’ni ilmiy jarayonlarda teng sherik sifatida tan olindi.ZF-2001 rekombinant vaksinasining O‘zbekistondagi klinik sinovlari uchun mas’ul mutaxassis Ding Fanning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston ZF-2001 vaksinasidan favqulodda foydalanish uchun ruxsat berishga qaratilgan ishlarni olib bormoqda. Mazkur vaksinadan foydalanishda O‘zbekistonga ustuvorlik beriladi. Ayni vaqtda vaksinadan favqulodda foydalanish uchun ruxsat olish va rasmiy ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha hamkorlikda ishlanmoqda.Bundan tashqari O‘zbekiston bilan hamkorlikda vaksina ishlab chiqarish, yangi vaksinalarni yaratish, tadqiqot ishlarini olib borish va ilmiy izlanishlar natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda hozirgacha 6830 nafar ko‘ngilli Xitoy vaksinasining 1-dozasi, 2284 nafar ko‘ngilli 2-dozasi bilan emlangan.O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoni mart oyining birinchi yarmida boshlanishi kutilmoqda. Birinchi navbatda yoshi katta, surunkali kasalligi bor va birlamchi xizmat ko‘rsatuvchi soha xodimlarini (shifokor, o‘qituvchi, IIO xodimlari va hokazo) joriy yil oxirigicha koronavirusga qarshi vaksina bilan to‘liq emlash rejalashtirilgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini sertifikatlashtirish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini boshlash ma’qullangani xabar qilingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210215/zbekiston-aolisini-koronavirusga-arshi-emlash-achondan-boshlanishi-aytildi-16007084.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/10/16014022_163:0:2303:1605_1920x0_80_0_0_0fc84ca0e938ba2249c101454f756d9e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, vaksina, emlash, xitoy
jamiyat, o‘zbekiston, vaksina, emlash, xitoy
O‘zbekiston COVID-19 vaksinasi hammuallifi sifatida tan olindi
11:01 17.02.2021 (yangilandi: 12:12 16.05.2021) O‘zbekiston Xitoyning ZF-2001 vaksinasi sinovlarida faol ishtirok etgani hamda klinik tadqiqotlarga qo‘shgan hissasi uchun mazkur vaksinaning hammuallifi, ya’ni ilmiy jarayonlarda teng sherik sifatida tan olindi. Vaksina mamlakatda ZF-VakUz nomi bilan tarqatiladi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Xitoyning koronavirusga qarshi ZF-2001 vaksinas tez orada O‘zbekistonda ZF-VakUz nomi bilan tarqatilishi kutilyapti. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida
xabar berildi.
Innovatsion rivojlanish va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining ZF-2001 vaksinasi sinovlarida faol ishtirok etgani, shuningdek, klinik tadqiqotlarga qo‘shgan hissasini inobatga olib, O‘zbekiston mazkur vaksinaning hammuallifi, ya’ni ilmiy jarayonlarda teng sherik sifatida tan olindi.
ZF-2001 rekombinant vaksinasining O‘zbekistondagi klinik sinovlari uchun mas’ul mutaxassis Ding Fanning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston ZF-2001 vaksinasidan favqulodda foydalanish uchun ruxsat berishga qaratilgan ishlarni olib bormoqda. Mazkur vaksinadan foydalanishda O‘zbekistonga ustuvorlik beriladi. Ayni vaqtda vaksinadan favqulodda foydalanish uchun ruxsat olish va rasmiy ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha hamkorlikda ishlanmoqda.
“Rasmiy jarayonlardan so‘ng vaksina O‘zbekiston Respublikasida ZF-VakUz nomi bilan tarqatiladi”, - dedi Ding Fan.
Bundan tashqari O‘zbekiston bilan hamkorlikda vaksina ishlab chiqarish, yangi vaksinalarni yaratish, tadqiqot ishlarini olib borish va ilmiy izlanishlar natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda hozirgacha 6830 nafar ko‘ngilli Xitoy vaksinasining 1-dozasi, 2284 nafar ko‘ngilli 2-dozasi bilan emlangan.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoni mart oyining birinchi yarmida
boshlanishi kutilmoqda. Birinchi navbatda yoshi katta, surunkali kasalligi bor va birlamchi xizmat ko‘rsatuvchi soha xodimlarini (shifokor, o‘qituvchi, IIO xodimlari va hokazo) joriy yil oxirigicha koronavirusga qarshi vaksina bilan to‘liq emlash
rejalashtirilgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini sertifikatlashtirish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini boshlash ma’qullangani
xabar qilingan edi.