Mirziyoyevning alohida topshirig‘i bilan Xayrullo Bozorov So‘xga bordi - foto

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaXokim Ferganskoy dolini posetil anklav Sox, gde nachato stroitelstvo aerodroma
Xokim Ferganskoy dolini posetil anklav Sox, gde nachato stroitelstvo aerodroma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2021
Obuna bo‘lish
Aerodrom qurilayotgan hududda Xayrullo Bozorov tuman faollari, mahalla raislari bilan uchrashib, joriy yil amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar xususida to‘xtaldi.
TOShKENT, 13 fev - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov O‘zbekistonning anklav hududi - So‘x tumaniga tashrif buyurib, aerodrom qurilishi jarayonini ko‘zdan kechirdi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPlan aerodroma
Plan aerodroma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining "So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan tumanda Farg‘ona viloyati hokimligi So‘x tumani "Novobod" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida salkam 10 gektar yerda aerodrom barpo etilishi: vertolot va samolyot uchish-qo‘nish maydonchasi qurilishi belgilangan bo‘lib, bu haqda rasman 8-fevral kuni e’lon qilingan edi.
Ayni damda tuman markaziga tutash hududda aerodrom qurilishi boshlab yuborilgan. Buning uchun davlat budjetidan 6,5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov mazkur hududga kelib, qurilish ishlari loyihasi bilan shaxsan tanishdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Aerodrom qurilayotgan hududda Bozorov tuman faollari, mahalla raislari bilan uchrashib, joriy yil amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar xususida to‘xtaldi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVstrecha glavi Ferganskoy dolini Xayrullo Bozorova s jitelyami Soxskogo rayona
Vstrecha glavi Ferganskoy dolini Xayrullo Bozorova s jitelyami Soxskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Viloyat hokimi, asosiy va yagona maqsad, So‘xda tadbirkorlikni rivojlantirib, bu orqali tuman iqtisodiyotini yanada boyitish, aholi bandligini ta’minlashdir, endi ortga yo‘l yo‘q ekanligini alohida qayd etdi.
"Prezidentimiz alohida topshiriq berdilar, meni nomimdan so‘xliklarga salom aytasan, yuragim to‘ridagi tilaklarimni yetkazasan dedilar", deya boshladi o‘z gapini So‘x xalqi bilan uchrashuvda Xayrullo Bozorov. Hokimning ushbu gaplari to‘planganlar tomonidan "rahmat" va qarsaklar bilan kutib oldi.
"Bu hali boshlanishi. Hali ko‘rasizlar, yaqinda vertolotlar, kichik samolyotlar Farg‘ona, Qo‘qon tomonlarga qatnashni boshlaydi. Mana, qurilishni boshlaymiz va xudo xohlasa, olti oyda bitkazamiz", - deya va’da berdi so‘xliklarga hokim.
Olti oy ichida qurib bitkaziladigan aeroport orqali An-2 samolyotlari hamda MI-8 vertolotlarini jalb etgan holda So‘xdan Farg‘ona hamda Qo‘qon yo‘nalishlarida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Bozorov, shuningdek, So‘xga tadbirkorlikni rivojlantirish, sanoatni, ishlab chiqarishni olib kirib rivojlantirish uchun davlat rahbari mutasaddi rahbarlarga So‘xda alohida soliqdan imtiyozga ega zonani tashkil qilish topshirig‘ini berganini aytib o‘tdi. Bunda barcha soliqlar 1 foizga keltirilishi ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0