Yevropa Ittifoqi “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish arizasini qabul qildi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tish "Sputnik V" ("Gam-KOVID-Vak") dlya vaksinatsii
 Sputnik V (Gam-KOVID-Vak) dlya vaksinatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2021
Obuna bo‘lish
Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA) Sputnik V” vaksinasi yaratuvchilari bilan ilmiy maslahatlashuvlar o‘tkazgan.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RFPI) Yevropa Ittifoqida “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘ridasi ariza berdi. Brusselda uni qabul qilishdi. Bu haqda jamg‘arma matbuot xizmati Sputnik nashriga ma’lum qildi.
19 yanvar kuni Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA) Sputnik V” vaksinasi yaratuvchilari bilan ilmiy maslahatlashuvlar o‘tkazgan. Shundan so‘ng YeIga vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirish mumkin bo‘lgan. Ariza 29-yanvar kuni topshirilgan.
Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2021
Putin COVID-19ga qarshi vaksina yaratishda Rossiyaning yetakchiligini qayd etdi
“Jamg‘arma Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA)ning ariza qabul qilingani to‘g‘risidagi rasmiy tasdig‘iga ega. Arizaning ma’qullash tezligi EMA tomonidan belgilanadi”, - deyilgan xabarda.
Yevropa "Sputnik V"ni tekshirib ko‘rdi. Germaniya foyda olishga hozirlanmoqda
Gamaleya nomidagi markaz tomonidan Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi ko‘magida ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaksinasi koronavirusga qarshi ro‘yxatga olingan birinchi vaksinadir: Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020-yilning avgustida bu jarayonni amalga oshirgan.
Obro‘li tibbiyot jurnal hisoblangan “The Lancet” bir necha kun avval "Sputnik V" uchinchi bosqich tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi. Preparat yuqori samaradorlik, immunogenlik, xavfsizlik samaradorni namoyish etdi.
“Bloomberg” agentligi maqola chop qilingandan so‘ng ko‘plab mamlakatlar “Sputnik V” vaksinasini xarid istagida navbatga turishgani va  “Sputnik V” vaksinasini Rossiyaning SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutug‘i ekani haqida yozdi.
Yangiliklar lentasi
0