Mishustin Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini aytdi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishPredsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin
Predsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi 2020-yil oxiriga rejalashtirilgan edi, lekin epidemiologik vaziyat tufayli 2021-yilga ko‘chirilgan.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifiga tayyorgarlik qanday  ketayotganini xabar qildi.
“Biz Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifiga tayyorlanmoqdamiz. Imzolanishi rejalashtirilayotgan bir to‘plam hujjatlar va tashrifning boy dasturi tayyorlanmoqda”, - dedi Rossiya bosh vaziri.
Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari uchrashuvi doirasida ikki davlat hukumatlararo komissiyasining ikkinchi majlisi ham bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
“Afsuski sanitar-epidemiologik cheklovlar tufayli bizning tadbirimiz mart-aprel oylariga ko‘chirildi... Rossiya va O‘zbekiston muassasalari ushbu tadbir amalga oshishi uchun bel bog‘lab ishlashmoqda”, - dedi Mishustin Olma-Otada bo‘lib o‘tgan YeOII hukumat rahbarlari uchrashuvi doirasida.
Rossiya bosh vaziri aytishiga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston prezidentlarining bo‘lajak tashrifi doirasida imzolanishi rejalashtirilayotgan bir qator hujjatlar tayyorlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi 2020-yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Lekin COVID-19 pandemiyasi tufayli tashrif keyinroq muddatga qoldirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0