IIV internetda bir-birini “talagan” Ahad Qayum va Aziz Rametovni jiddiy ogohlantirdi

Akter Aziz Rametov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2021
Obuna bo‘lish
So‘nggi kunlarda internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Ahad Qayum va Aziz Rametov o‘rtasidagi tortishuv ko‘plab fuqarolarning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. IIV internetda bir-biri bilan tortishgan shoir, produsser Ahad Qayum va aktor, rejissor Aziz Rametovni ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu san’at namoyandalari san’atkor degan nomga nomunosib xatti-harakatlar bilan, ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bu kabi holatlarga chek qo‘yish maqsadida ular bilan ichki ishlar organ xodimlari profilaktik suhbat o‘tkazishdi.
Shoir Ahad Qayumning ta’kidlashicha, Aziz Rametov uning nomini bir joyda olib gapirgani uchun u hissiyotga berilgan va unga nisbatan qattiq gaplarni aytgan.
Bu ikki san’at namoyandalari kuzatuvchi sifatida dili ranjigan fuqarolardan ming bor uzr so‘rashdi va bunday holat qaytarilmasligini ta’kidlashdi.
IIV ularni kelgusida yana fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan kamsitish, ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlari orqali tahqirlash, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzish kabi xatti-harakatlarni sodir etsa, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida rasman ogohlantirdi.
Yangiliklar lentasi
0