https://oz.sputniknews.uz/20210204/BSST-eksperti-koronavirus-Ukhan-bozorida-paydo-blganiga-shuba-bildirdi-15930038.html
BSST eksperti koronavirus Uxan bozorida paydo bo‘lganiga shubha bildirdi
BSST eksperti koronavirus Uxan bozorida paydo bo‘lganiga shubha bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Olimlar haligacha Uxandagi dengiz mahsulotlari bozori koronavirus tarqalishida qanday rol o‘ynagani borasida yakdil fikrga kelgan emas. 04.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-04T09:11+0500
2021-02-04T09:11+0500
2021-05-16T12:12+0500
covid-19 umumjahon pandemiyasi
dunyoda
britaniyada koronavirusning yangi shtammi
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/14/15635900_0:0:3072:1737_1920x0_80_0_0_f12f757625638dfcb09316114f4dcc27.jpg
TOShKENT, 4 fev – Sputnik, Janna Manukan. Xitoyning Uxanidagi dengiz mahsulotlari bozorida yangi koronavirus infeksiyasi - COVID-19 tarqalishi uchun barcha shart-sharoitlar bor, ammo bu virus aynan o‘sha yerda tarqalganligini anglatmaydi, dedi RIA Novostiga BSSTning Rossiyadan vakili, Sankt-Peterburgdagi Paster nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya MTI rahbarining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Vladimir Dedkov.Sabzavotlar, dengiz mahsulotlari va hatto yovvoyi hayvonlar go‘shti sotilgan Uxandagi "Xuanan" bozori, 2020-yilning 1-yanvarida, o‘sha vaqtda noma’lumligicha qolayotgan kasallik bo‘yicha olib borilgan surishtiruvlar izi shu bozorga olib kelganida, yopilgan edi. Birinchi kasallanganlar aynan shu bozorda ishlagan. Ammo olimlar haligacha bozor virus tarqalishida qanday rol o‘ynagani borasida yakdil fikrga kelgan emas."Biz bozorda bo‘ldik. Men Xitoyning sanitar qoidalari bilan tanish emasman, ammo unga qarab, bizning qonunchiligimiz bilan solishtirgan holda, albatta, bozor ideallikdan yiroqligini ko‘rish mumkin ... Bu u yoqda ro‘y bergani fakt emas, ya’ni virus u yerda paydo bo‘lgani haqida hech qanday isbot yo‘q, virus ehtimol boshqa joyda paydo bo‘lgan, ammo virus tarqalishi uchun aslida u yerda barcha sharoitlar bor", - degan Dedkov.Ekspert bozor avvalgiday holatda emasligini, hozirda u yopiqligini, buzilayotganini aytdi. Ammo bularning barchasiga qaramay, yuqoridagi xulosalarni keltirish mumkin, deb qo‘shimcha qildi u."Hammasi juda zich joylashgan, bozor kichkina, tor. Tabiiyki, u yerda istagan holat ro‘y berishi mumkin. Sanitar normalarga rioya qilinmayotgan bir vaqtda, infeksiya tarqalishi uchun barcha sharoitlar mavjud. U yerdagi holat shunga olib kelganmi-yo‘q, biz bilmaymiz, ammo hammasi shunday bo‘lishi mumkindek ko‘rinishga ega. U yerda infeksiya tarqalishi uchun barcha sharoitlar mavjud", - deb qayd etdi ekspert.Ayni vaqtda Xitoyda BSST xalqaro ekspertlar guruhi bo‘lib turibdi. Ular COVID-19 kelib chiqishini o‘rganishmoqda. Mutaxassislar xitoyning Uxaniga 14-yanvar kuni kelishgan va kirib kelishlar bilan majburiy 14 kunlik karantinga joylashtirilgan edilar. 29-yanvar kuni karantin tugadi va ekspertlar ish boshlashdi.
https://oz.sputniknews.uz/20210113/Khitoy-BSST-ekspertlarini-Ukhanda-ish-boshlashdan-avval-karantindan-tishga-mazhbur-etdi-15778505.html
https://oz.sputniknews.uz/20201221/COVID-19-paydo-blganidan-sng-bir-yil-tib-Ukhan-anday-yashamoda-15639780.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/14/15635900_0:112:3072:2042_1920x0_80_0_0_503eed56df5e3f0876df321de1a593b4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
covid-19 umumjahon pandemiyasi, dunyoda, britaniyada koronavirusning yangi shtammi, xitoy
covid-19 umumjahon pandemiyasi, dunyoda, britaniyada koronavirusning yangi shtammi, xitoy
BSST eksperti koronavirus Uxan bozorida paydo bo‘lganiga shubha bildirdi
09:11 04.02.2021 (yangilandi: 12:12 16.05.2021) Olimlar haligacha Uxandagi dengiz mahsulotlari bozori koronavirus tarqalishida qanday rol o‘ynagani borasida yakdil fikrga kelgan emas.
TOShKENT, 4 fev – Sputnik, Janna Manukan. Xitoyning Uxanidagi dengiz mahsulotlari bozorida yangi koronavirus infeksiyasi - COVID-19 tarqalishi uchun barcha shart-sharoitlar bor, ammo bu virus aynan o‘sha yerda tarqalganligini anglatmaydi,
dedi RIA Novostiga BSSTning Rossiyadan vakili, Sankt-Peterburgdagi Paster nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya MTI rahbarining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Vladimir Dedkov.
Sabzavotlar, dengiz mahsulotlari va hatto yovvoyi hayvonlar go‘shti sotilgan Uxandagi "Xuanan" bozori, 2020-yilning 1-yanvarida, o‘sha vaqtda noma’lumligicha qolayotgan kasallik bo‘yicha olib borilgan surishtiruvlar izi shu bozorga olib kelganida, yopilgan edi. Birinchi kasallanganlar aynan shu bozorda ishlagan. Ammo olimlar haligacha bozor virus tarqalishida qanday rol o‘ynagani borasida yakdil fikrga kelgan emas.
"Biz bozorda bo‘ldik. Men Xitoyning sanitar qoidalari bilan tanish emasman, ammo unga qarab, bizning qonunchiligimiz bilan solishtirgan holda, albatta, bozor ideallikdan yiroqligini ko‘rish mumkin ... Bu u yoqda ro‘y bergani fakt emas, ya’ni virus u yerda paydo bo‘lgani haqida hech qanday isbot yo‘q, virus ehtimol boshqa joyda paydo bo‘lgan, ammo virus tarqalishi uchun aslida u yerda barcha sharoitlar bor", - degan Dedkov.
Ekspert bozor avvalgiday holatda emasligini, hozirda u yopiqligini, buzilayotganini aytdi. Ammo bularning barchasiga qaramay, yuqoridagi xulosalarni keltirish mumkin, deb qo‘shimcha qildi u.
"Hammasi juda zich joylashgan, bozor kichkina, tor. Tabiiyki, u yerda istagan holat ro‘y berishi mumkin. Sanitar normalarga rioya qilinmayotgan bir vaqtda, infeksiya tarqalishi uchun barcha sharoitlar mavjud. U yerdagi holat shunga olib kelganmi-yo‘q, biz bilmaymiz, ammo hammasi shunday bo‘lishi mumkindek ko‘rinishga ega. U yerda infeksiya tarqalishi uchun barcha sharoitlar mavjud", - deb qayd etdi ekspert.
Ayni vaqtda Xitoyda BSST xalqaro ekspertlar guruhi bo‘lib turibdi. Ular COVID-19 kelib chiqishini o‘rganishmoqda. Mutaxassislar xitoyning Uxaniga 14-yanvar kuni kelishgan va kirib kelishlar bilan majburiy 14 kunlik karantinga joylashtirilgan edilar. 29-yanvar kuni karantin tugadi va ekspertlar ish boshlashdi.