https://oz.sputniknews.uz/20210130/Toshkentda-Islom-Karimov-khotirasiga-baishlangan-kecha-blib-tdi-15901294.html
Toshkentda Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi
Toshkentda Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. 30.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-30T18:12+0500
2021-01-30T18:12+0500
2021-01-30T18:12+0500
video
multimedia
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1d/15898546_1:0:1692:951_1920x0_80_0_0_86d0913e8b51ee844a7d54019a9a4280.jpg
Islom Karimov nomidagi Yodgorlik majmuasi va Islom Karimov respublika xayriya jamoat fondi Xotira kechasining tashkilotchilaridir.O‘zbekistonda Islom Abdug‘aniyevichning xotirasi chuqur ehtirom bilan yod olindi. Uning nomi mamlakatimizning qator ko‘chalariga, Toshkent davlat texnika universitetiga, Toshkent xalqaro aeroportiga, Asaka avtomobil zavodiga va Farg‘ona san’at saroyiga berilgan. Eng asosiysi, uning xotirasi har bir o‘zbekistonlikning qalbida chuqur hurmat bilan saqlanadi. Kechani O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova vidiomurojaat bilan ochdi. Tadbirda, shuningdek, Islom Karimovning do‘stlari, zamondoshlari, ilm-fan va madaniyat arboblari, jamoatchilik vakillari Islom Karimov haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar.Xotira kechasi doirasida Akbar Mirzo tetralogiyasidan "So‘ngi nido" kitobining rus tilidagi tarjimasi "Posledniy zov" kitobining hamda Amirqul Karimovning O‘zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlangan "Istiqlol tarixidan lavhalar" to‘plamining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.Kecha mehmonlari va qatnashchilari O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdilar va "Butun olamni jo qilgan yurak" ko‘rgazmalar ekspozitsiyasi bilan tanishdilar.
https://oz.sputniknews.uz/20210130/Mirziev-Islom-Karimov-aykali-poyiga-gulchambar-ydi-15899835.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1d/15898546_212:0:1480:951_1920x0_80_0_0_430623d900aae2dc8dc1475da2dd2268.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, multimedia
Toshkentda Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Islom Karimov nomidagi Yodgorlik majmuasi va Islom Karimov respublika xayriya jamoat fondi Xotira kechasining tashkilotchilaridir.
O‘zbekistonda Islom Abdug‘aniyevichning xotirasi chuqur ehtirom bilan yod olindi. Uning nomi mamlakatimizning qator ko‘chalariga, Toshkent davlat texnika universitetiga, Toshkent xalqaro aeroportiga, Asaka avtomobil zavodiga va Farg‘ona san’at saroyiga berilgan. Eng asosiysi, uning xotirasi har bir o‘zbekistonlikning qalbida chuqur hurmat bilan saqlanadi.
Kechani O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova vidiomurojaat bilan ochdi. Tadbirda, shuningdek, Islom Karimovning do‘stlari, zamondoshlari, ilm-fan va madaniyat arboblari, jamoatchilik vakillari Islom Karimov haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar.
Xotira kechasi doirasida Akbar Mirzo tetralogiyasidan "So‘ngi nido" kitobining rus tilidagi tarjimasi "Posledniy zov" kitobining hamda Amirqul Karimovning O‘zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlangan "Istiqlol tarixidan lavhalar" to‘plamining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
Kecha mehmonlari va qatnashchilari O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdilar va "Butun olamni jo qilgan yurak" ko‘rgazmalar ekspozitsiyasi bilan tanishdilar.