Mirziyoyev Buxoroning janubiy tumanlarini vertolotda ko‘zdan kechirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev v Alatskom rayone Buxarskoy oblasti
Shavkat Mirziyoyev v Alatskom rayone Buxarskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Buxoroning Olot, Qorako‘l, Jondor, Romitan, Peshku va Shofirkon tumanlarida ta’mirlangan uy va infratuzilma obyektlarini ko‘zdan kechirdi hamda mahalliy aholi bilan uchrashdi.
TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 21-yanvar kuni Buxoro viloyatiga kelib, vertolotda Olot tumaniga yo‘l oldi.
Prezident tashrifi Olot tumandan boshlangani bejiz emas. O‘tgan yilning 27-aprel kunida Buxoro viloyatiga Janubdan kuchli shamol kirib kelishi oqibatida uy-joylar, infratuzilma va ekinlarga katta zarar yetgandi.
O‘tgan davr mobaynida Olot va qo‘shni tumanlarda Qorako‘l, Jondor, Romitan, Peshku va Shofirkon tumanlarida 45 mingta uy, 204 ta ko‘p qavatli turar joy ta’mirlandi, 1000dan  ortiq ijtimoiy soha va tadbirkorlik obyektlari, yo‘llar, elektr, gaz va aloqa tarmoqlari tiklandi.
Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev vertolotda ushbu ishlar qamrovini ko‘zdan kechirdi va ayni damda mahalliy aholi bilan muloqot qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu O‘zbekiston prezidentining 2021-yilda hududlar iqtisodiiy rivojlanishi bilan tanishishga qaratilgan birinchi tashrifdir.
Yangiliklar lentasi
0