Yangi-Angren IESda yuz bergan portlash yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar boshlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNovo-Angrenskaya TES
Novo-Angrenskaya  TES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa natijasida Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining infratuzilmasi va texnologik uskunalariga shikast yetmagan.
TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. Angren shahar prokuraturasi tomonidan Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasida yuz bergan portlash yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sotrudnik MChS vo vremya tusheniya pojara - Sputnik O‘zbekiston
Yangi-Angren IESda yuz bergan portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
Sal oldin Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining profilaktika choralarini ko‘rish uchun to‘xtatilgan 5-energiya blokida chang-ko‘mirli havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi haqida rasmiy bayonot berilgan edi.
Aniqlik kiritilishicha, vafot etgan va jarohat olganlar 5-energiya blokida profilaktika ishlarini olib borayotgan xizmat ko‘rsatish xodimlari bo‘lgan.
Chaqnash natijasida kelib chiqqan yong‘in oqibatida 3 nafar ishchi voqea joyida vafot etgan, yana 3 nafari turli darajadagi kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.
Rejali xizmat ko‘rsatish paytida sodir bo‘lgan hodisa natijasida uch kishi olingan jarohat sababli vafot etgan, yana uch kishi turli darajada kuyish tan jarohatini olgan.
Hodisa natijasida Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining infratuzilmasi va texnologik uskunalariga shikast yetmagan.
Yangiliklar lentasi
0