https://oz.sputniknews.uz/20210120/Bukhoro-viloyatiga--yangi-prokuror-tayinlandi-15827940.html
Buxoro viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Buxoro viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Mahmud Istamov Buxoro viloyati prokurori bo‘ldi. 20.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-20T16:04+0500
2021-01-20T16:04+0500
2021-01-20T16:04+0500
siyosat
buxoro viloyati
prokuror
bosh prokuratura
mahmud istamov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/14/15825353_0:0:1276:722_1920x0_80_0_0_3d65979c41da5f4ae02c88c0f7bb71b6.jpg
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Mahmud Istamov Buxoro viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.Istamov 2019-yil 23-iyulidan Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.Mahmud Istamov 1979 yil 24-fevralda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2000-yilda Adliya vazirligi Idoraviy meyoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada bosh maslahatchi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.2004—2005 yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi rahbari, 2005—2006 yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazi bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2006-yildan Prezident devoniga ishga o‘tgan.Jumladan, 2006—2011 yillarda Prezident devoni Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatining Adliya va sud idoralari faoliyati masalalari bo‘yicha inspektori, 2011—2014 yillarda Prezidenti devoni Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatining Adliya idoralari masalalari sho‘’basining yetakchi inspektori, 2014—2017 yillarda Prezident devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish sho‘’basi mudiri bo‘lgan.2017 yil avgustiga qadar Prezident devoni Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunchilik sho‘’basi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Shu yil 14-avgustida adliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan. 2019-yil yanvarida esa uning lavozimi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari darajasiga ko‘tarilgan. 2019-yil 23-iyulida esa Istamov Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylangan.
https://oz.sputniknews.uz/20201222/Bukhoro-shaar-prokuroriga-ayfsan-elon-ilindi-15648459.html
buxoro viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/14/15825353_0:0:1276:802_1920x0_80_0_0_6ca08fb7996b32b54b005d04ea7fb42f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, buxoro viloyati, prokuror, bosh prokuratura, mahmud istamov
siyosat, buxoro viloyati, prokuror, bosh prokuratura, mahmud istamov
Buxoro viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Mahmud Istamov Buxoro viloyati prokurori bo‘ldi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Mahmud Istamov Buxoro viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Istamov 2019-yil 23-iyulidan Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mahmud Istamov 1979 yil 24-fevralda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2000-yilda Adliya vazirligi Idoraviy meyoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada bosh maslahatchi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2004—2005 yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi rahbari, 2005—2006 yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazi bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2006-yildan Prezident devoniga ishga o‘tgan.
Jumladan, 2006—2011 yillarda Prezident devoni Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatining Adliya va sud idoralari faoliyati masalalari bo‘yicha inspektori, 2011—2014 yillarda Prezidenti devoni Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatining Adliya idoralari masalalari sho‘’basining yetakchi inspektori, 2014—2017 yillarda Prezident devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish sho‘’basi mudiri bo‘lgan.
2017 yil avgustiga qadar Prezident devoni Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunchilik sho‘’basi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Shu yil 14-avgustida adliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan. 2019-yil yanvarida esa uning lavozimi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari darajasiga ko‘tarilgan. 2019-yil 23-iyulida esa Istamov Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylangan.