https://oz.sputniknews.uz/20210120/Bizdan-keyin-faat-Nigeriya-va-zbekiston---ozoistonlik-deputat-past-oyliklar-aida-15826748.html
Bizdan keyin faqat Nigeriya va O‘zbekiston - qozog‘istonlik deputat past oyliklar haqida
Bizdan keyin faqat Nigeriya va O‘zbekiston - qozog‘istonlik deputat past oyliklar haqida
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston Xalq partiyasi vakili real ish haqi oshmayotgan bir vaqtda iste’mol savatchasi narxi bir necha barobar yuqorilab ketganiga e’tibor qaratdi 20.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-20T13:50+0500
2021-01-20T13:50+0500
2021-01-20T13:53+0500
jamiyat
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Sobiq kommunistlar partiyasi deputati Aybek Payayev Qozog‘iston aholisining ish haqi o‘ta pastligidan norozilik bildirdi, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston nashri.Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021-yil boshida Picodi xalqaro xizmati analitiklari Qozog‘istondagi oylik maoshlar - dunyoning 56 mamlakati ichidagi eng past maoshlardan biri ekanligini qayd etishgan."Chidab bo‘lmas fakt shundaki, Qozog‘iston sug‘urta badallari oshgan holda, o‘tgan yilga nisbatan eng kam ish haqi o‘tgan yilgiga nisbatan kamaygan yagona davlatdir, bizdan keyin faqat Nigeriya va O‘zbekiston bor", - deb aytgan majlis vakili.Deputat shuningdek, tadqiqot mualliflari oddiy iste’mol savatchasini yaratib, mahsulotlar narxini ish haqi bilan taqqoslashganini aytdi. O‘tgan yilgiga nisbatan bunday iste’mol savatining narxi Qozog‘istonda 14%ga oshgan.Parlamentariy shuningdek, Qozog‘istonda eng kam ish haqi o‘zgarmagani va 42 500 tengeni tashkil etishini, ammo sug‘urta badallari oshgani tufayli haqiqiy ish haqi o‘tgan yilgiga nisbatan pasayganini va 37 400 tengeni tashkil etishini qo‘shimcha qilgan.Ammo, bir vaqtning o‘zida, qo‘shni davlatlarda, masalan Ukrainada maosh 27%ga, Polshada - 9,8%ga, Belarusda - 6,7%ga, Rossiyada esa - 5,5%ga oshgan."Bu hech qanday tanqidga dosh bermaydi. Natijada Qozog‘istonning eng kam maosh oladigan fuqarolarining ahvoli yomonlashdi. Qozog‘istonliklar uchun munosib turmush darajasini ta’minlash uchun eng kam ish haqi nafaqat o‘rtacha ish haqi, balki oilaning ishlamaydigan a’zolari bo‘lishini hisobga olgan holda hayot kechirishning real narxiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak", - deya o‘z noroziligini bildirgan deputat.O‘zining deputatlik so‘rovida Payayev Vazirlar Mahkamasi rahbariga murojaat qilib, Qozog‘istonda eng kam ish haqini oshirish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotganligi va oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar va xizmatlarining haqiqiy narxini aks ettiruvchi eng kam kunlik ish haqini hisoblash metodologiyasini jahon standartlariga muvofiq o‘zgartirish rejalashtirilayotgani to‘g‘risida savollarga javob berishni so‘radi.Shuningdek, u Qozog‘istonda xalqaro standartlarga va qozoq jamiyatining ehtiyojlariga mos ravishda ijtimoiy sifat standartlari va turmush darajasini rivojlantirish rejalashtirilyaptimi, deya savol bergan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq qozog‘istonliklar mamlakat do‘konlarida oziq-ovqat mahsulotlari narxining ko‘tarilishidan shikoyat qila boshladilar. Xususan, fuqarolar tuxum, go‘sht, un va boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining sezilarli darajada ko‘tarilganiga ishora qilganlar.
https://oz.sputniknews.uz/20201104/zbekistonda-eng-arzon-va-immat-osh-aerda--15322753.html
https://oz.sputniknews.uz/20200730/y-mol-gshti-anchadan-sotilyapti-eng-arzon-va-immat-narkhlar-14658578.html
https://oz.sputniknews.uz/20200703/Ozbekistonning-qaerida-eng-qimmat-va-eng-arzon-masulotlar-DSQ-hisoboti-14465014.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, dunyoda
Bizdan keyin faqat Nigeriya va O‘zbekiston - qozog‘istonlik deputat past oyliklar haqida
13:50 20.01.2021 (yangilandi: 13:53 20.01.2021) Qozog‘iston Xalq partiyasi vakili real ish haqi oshmayotgan bir vaqtda iste’mol savatchasi narxi bir necha barobar yuqorilab ketganiga e’tibor qaratdi
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Sobiq kommunistlar partiyasi deputati Aybek Payayev Qozog‘iston aholisining ish haqi o‘ta pastligidan norozilik bildirdi, deb xabar bermoqda
Sputnik Qozog‘iston nashri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021-yil boshida Picodi xalqaro xizmati analitiklari Qozog‘istondagi oylik maoshlar - dunyoning 56 mamlakati ichidagi eng past maoshlardan biri ekanligini qayd etishgan.
"Chidab bo‘lmas fakt shundaki, Qozog‘iston sug‘urta badallari oshgan holda, o‘tgan yilga nisbatan eng kam ish haqi o‘tgan yilgiga nisbatan kamaygan yagona davlatdir, bizdan keyin faqat Nigeriya va O‘zbekiston bor", - deb aytgan majlis vakili.
Deputat shuningdek, tadqiqot mualliflari oddiy iste’mol savatchasini yaratib, mahsulotlar narxini ish haqi bilan taqqoslashganini aytdi. O‘tgan yilgiga nisbatan bunday iste’mol savatining narxi Qozog‘istonda 14%ga oshgan.
Parlamentariy shuningdek, Qozog‘istonda eng kam ish haqi o‘zgarmagani va 42 500 tengeni tashkil etishini, ammo sug‘urta badallari oshgani tufayli haqiqiy ish haqi o‘tgan yilgiga nisbatan pasayganini va 37 400 tengeni tashkil etishini qo‘shimcha qilgan.
Ammo, bir vaqtning o‘zida, qo‘shni davlatlarda, masalan Ukrainada maosh 27%ga, Polshada - 9,8%ga, Belarusda - 6,7%ga, Rossiyada esa - 5,5%ga oshgan.
"Bu hech qanday tanqidga dosh bermaydi. Natijada Qozog‘istonning eng kam maosh oladigan fuqarolarining ahvoli yomonlashdi. Qozog‘istonliklar uchun munosib turmush darajasini ta’minlash uchun eng kam ish haqi nafaqat o‘rtacha ish haqi, balki oilaning ishlamaydigan a’zolari bo‘lishini hisobga olgan holda hayot kechirishning real narxiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak", - deya o‘z noroziligini bildirgan deputat.
O‘zining deputatlik so‘rovida Payayev Vazirlar Mahkamasi rahbariga murojaat qilib, Qozog‘istonda eng kam ish haqini oshirish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotganligi va oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar va xizmatlarining haqiqiy narxini aks ettiruvchi eng kam kunlik ish haqini hisoblash metodologiyasini jahon standartlariga muvofiq o‘zgartirish rejalashtirilayotgani to‘g‘risida savollarga javob berishni so‘radi.
Shuningdek, u Qozog‘istonda xalqaro standartlarga va qozoq jamiyatining ehtiyojlariga mos ravishda ijtimoiy sifat standartlari va turmush darajasini rivojlantirish rejalashtirilyaptimi, deya savol bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qozog‘istonliklar mamlakat do‘konlarida oziq-ovqat mahsulotlari narxining ko‘tarilishidan shikoyat qila boshladilar. Xususan, fuqarolar tuxum, go‘sht, un va boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining sezilarli darajada ko‘tarilganiga ishora qilganlar.