O‘zbekistonda 2020-yilda o‘lim holati 13,5 foizga oshdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishKatalka
Katalka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasiga to‘g‘ri kelgan 2020-yilda 175,6 ming kishi vafot etdi. Bu 2019-yilga qaraganda 21 mingta (13,58 foiz) ko‘proq o‘lim degani.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yilda 175,6 migtta o‘lim qayd etilgan, har 1000 aholiga o‘lim koeffitsiyenti 5,1 promilleni tashkil etgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasining 2020-yil yakunlari bo‘yicha demografik raqamlari darak bermoqda.
Bu 2017 yilgi o‘limlar sonidan 14,7 mingtaga (9,27 foizga), 2018-yilgi o‘limlar sonidan 20,7 mingtaga (13,36 foizga), 2019-yilgi o‘limlar sonidan 21 mingtaga (13,58 foizga) ko‘p.
© Davlat statistika qo‘mitasiO‘zbekistonda yillik umumiy o‘limlar soni
O‘zbekistonda yillik umumiy o‘limlar soni - Sputnik O‘zbekiston
2020 yilda qayd etilgan o‘lim holatlarining 60,0 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8,0 foizi o‘simtalardan, 7,2 foizi nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 4,4 foizi ovqat hzm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,4 foizi baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,4 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 11,6 foizi boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Viloyatlar kesimi bo‘yicha eng ko‘p o‘lim holatlari Toshkent shahriga (21,2 ming), Farg‘ona (18,5 ming), Toshkent (18,4 ming) va Samarqand (18,4 ming) viloyatlariga to‘g‘ri kelgan. Eng kam o‘lim holati esa Navoiy (5 ming) va Sirdaryo (4 ming) viloyatlarida kuzatilgan.
© Davlat statistika qo‘mitasiO‘zbekistonda 2020-yilda qayd etilgan o‘limlar soni hududlar kesimda
O‘zbekistonda 2020-yilda qayd etilgan o‘limlar soni hududlar kesimda - Sputnik O‘zbekiston
Yangiliklar lentasi
0