Turkiyada jinsiy qullikda bo‘lgan o‘zbekistonlik qizlar qutqarildi

© VALERY HACHE / AFPDevushka na doroge
Devushka na doroge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyaning Izmir shahrida politsiya xodimlari O‘zbekistondan kelgan ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan jinoiy guruh aniqlandi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Turkiyaning Izmir shahrida politsiya xodimlari O‘zbekiston va yana 3ta davlatdan kelgan ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan jinoiy guruh aniqlandi, deb xabar qildi Haberler turk nashri.
Xabarda aytilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari 6 kishini hibsga oldi. Ular izidan taxminan 4 oy davomida kuzatuv olib borilgan.
Maxsus operatsiya bir vaqtning o‘zida shaharning turli qismlarida amalga oshirildi. Politsiya Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari saqlangan bir nechta “priton-kvartiralar”ni topdi. Jami 8 nafar ayol qutqarildi, ular kaltaklanib, psixologik bosim orqali fohishalikka majburlangan.
Jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ayollarni o‘z vataniga deportatsiya qilish masalasi hal qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0