https://oz.sputniknews.uz/20210118/Markaziy-Osida-birinchi-Turkmaniston-Sputnik-V-vaktsinasini-rykhatdan-tkazdi-15813962.html
Markaziy Osiyoda birinchi: Turkmaniston "Sputnik V" vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi
Markaziy Osiyoda birinchi: Turkmaniston "Sputnik V" vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi
Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston Sog‘liqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligi Rossiyaning “Sputnik V” koronavirusga qarshi vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. 18.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-18T19:13+0500
2021-01-18T19:13+0500
2021-04-01T16:45+0500
dunyoda
rossiya
turkmaniston
vaksina
sputnik v vaksinasi
covid-19 umumjahon pandemiyasi
markaziy osiyo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0a/15752691_0:149:2458:1539_1920x0_80_0_0_bd4a82d088f9518c5818476e37dd754c.jpg
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Turkmaniston Sog‘liqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligi Rossiyaning “Sputnik V” koronavirusga qarshi vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi, deb xabar qildi Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi.Bundan avval, vaksina xuddi shu protsedura bo‘yicha Argentina, Boliviya, Venesuela, Paragvay, Serbiya, Jazoir va Falastinda ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.Jamg‘arma rahbari Kirill Dmitriyev ta’kidlashicha, Turkmaniston Markaziy Osiyoda “Sputnik V”ni rasman tasdiqlagan birinchi mamlakat bo‘ldi."Hamkorlar bugungi kunda koronavirusga qarshi kurashda dunyodagi yetakchi preperatlardan biri bo‘lgan va dunyoning turli mintaqalaridagi davlat nazorat organlari tomonidan tasdiqlangan vaksinaning xavfsizligi va samaradorligini yuqori baholadilar", - dedi u.“Sputnik V” vaksinasi Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi tomonidan Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Preparat insonning adenovirus vektorli platformasiga asoslangan bo‘lib, uning muhim afzalliklari - xavfsizlik, samaradorlik va uzoq muddatli salbiy oqibatlarning yo‘qligi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, o‘tkazilgan tadqiqotda yakuniy nazorat nuqtasida ma’lumotlarni tahlil qilish natijalariga ko‘ra, uning samaradorligi 91,4 foizni, og‘ir holatlarda esa yuz foizni ko‘rsatdi.Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyevga ko‘ra, O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasini tezkor sertifikatsiyalash ustida ish olib borilayotgani va uni chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani to‘g‘risida xabar bergandik.
https://oz.sputniknews.uz/20210118/zbekiston-Sputnik-V-vaktsinasini-tezkor-sertifikatsiyalash-ustida-ish-olib-bormoda-15812156.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0a/15752691_0:71:2458:1617_1920x0_80_0_0_57542940fecdaa555a4014b1598f803f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, rossiya, turkmaniston, vaksina, sputnik v vaksinasi, covid-19 umumjahon pandemiyasi, markaziy osiyo
dunyoda, rossiya, turkmaniston, vaksina, sputnik v vaksinasi, covid-19 umumjahon pandemiyasi, markaziy osiyo
Markaziy Osiyoda birinchi: Turkmaniston "Sputnik V" vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi
19:13 18.01.2021 (yangilandi: 16:45 01.04.2021) Turkmaniston Sog‘liqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligi Rossiyaning “Sputnik V” koronavirusga qarshi vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Turkmaniston Sog‘liqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligi Rossiyaning “Sputnik V” koronavirusga qarshi vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi, deb xabar qildi
Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi.
Jamg‘armada mamlakat hududida “Sputnik V” ro‘yxatga olish tezlashtirilgan protsedura doirasida, qo‘shimcha klinik tadqiqotlarsiz amalga oshirilganligini ta’kidlandi.
Bundan avval, vaksina xuddi shu protsedura bo‘yicha Argentina, Boliviya, Venesuela, Paragvay, Serbiya, Jazoir va Falastinda ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.
Jamg‘arma rahbari Kirill Dmitriyev ta’kidlashicha, Turkmaniston Markaziy Osiyoda “Sputnik V”ni rasman tasdiqlagan birinchi mamlakat bo‘ldi.
"Hamkorlar bugungi kunda koronavirusga qarshi kurashda dunyodagi yetakchi preperatlardan biri bo‘lgan va dunyoning turli mintaqalaridagi davlat nazorat organlari tomonidan tasdiqlangan vaksinaning xavfsizligi va samaradorligini yuqori baholadilar", - dedi u.
“Sputnik V” vaksinasi Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi tomonidan Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Preparat insonning adenovirus vektorli platformasiga asoslangan bo‘lib, uning muhim afzalliklari - xavfsizlik, samaradorlik va uzoq muddatli salbiy oqibatlarning yo‘qligi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, o‘tkazilgan tadqiqotda yakuniy nazorat nuqtasida ma’lumotlarni tahlil qilish natijalariga ko‘ra, uning samaradorligi 91,4 foizni, og‘ir holatlarda esa yuz foizni ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyevga ko‘ra, O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasini tezkor sertifikatsiyalash ustida ish olib borilayotgani va uni chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani to‘g‘risida
xabar bergandik.