Izg‘irin ob-havo hafta oxirida O‘zbekistonga qaytadi

© AFP 2023 / Pascal Pochard-CasabiancaAvtomobil proyezjayet pod pokritimi snegom derevyami na Korsike
Avtomobil proyezjayet pod pokritimi snegom derevyami na Korsike  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
23 yanvar kuni antisiklon mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi. Yog‘ingarchilik ehtimoli kam bo‘lishiga qaramasdan havo juda sovuq bo‘ladi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Haftaning birinchi yarmida havo bahoriy iliq bo‘ladi, ammo haftaning oxiriga kelib, qishki ob-havo O‘zbekistonga qaytadi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
19 yanvarda respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
20 yanvarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida qor yomg‘irga aylanadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
21 yanvarda respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida qor yog‘adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
19-21 yanvarda harorat o‘zining ko‘p yillik qiymatlaridan 8-10 darajaga yuqori bo‘ladi va kechalari 0-5 daraja iliqni, kunduz kunlari 11-16 daraja iliqni tashkil etadi.
22 yanvarda ob-havo keskin o‘zgara boshlaydi, buning sababi sovuq antisiklondir. U mamlakat hududlariga qor va sovuq haroratlarni olib keladi. Nam havo massalari Volga bo‘yi hududlaridan kirib keladi. Respublika bo‘yicha qor yog‘adi, faqat mamlakatning shimoliy hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliqni tashkil etadi.
23 yanvarda antisiklon mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi, yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam, lekin juda sovuq bo‘ladi. Havo harorati kechasi 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliqni tashkil etadi. O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati meyordan 6-8 darajaga past bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0