AQShda "ID"ga yordam bergan o‘zbekistonlik 12,5 yilga qamaldi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax.
Ruki v naruchnikax. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konnektikutning Nyu-Xeyvenidan bo‘lgan Azizjon Raxmatov chet el terroristik tashkilotiga moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha til biriktiruvda ishtirok etganligini tan olgan
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Federal Bruklin sudi o‘zbekistonlikni "Islom davlati" terroristik uyushmasiga ko‘mak ko‘rsatgani uchun 12,5 yilga qamoq jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda New York Post.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikistondan yuzlab terrorchi “Tolibon”* safiga qo‘shildi – afg‘on OAV
Konnektikutning Nyu-Xeyvenidan bo‘lgan Azizjon Raxmatov chet el terroristik tashkilotiga moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha til biriktiruvda ishtirok etganligini tan olgan.
Sud jarayoni davomida 2015-yilda Raxmatov ID safiga yangi qo‘shilgan Axror Saidaxmetovga u IShID safiga qo‘shilish uchun Suriyaga yetib olishi va qurol sotib olishi uchun 400 AQSh dollari bergani ma’lum bo‘lgan.
Saidaxmetov, o‘z navbatida IDga sodiq ekani, ammo agarda jihod uchun Suriyaga yetib bora olmasa, bor halokatli urinishlarini AQShdagi politsiyachilar va FBR agentlariga qaratishga qasamod qilgan.
Yovuz niyat bilan u Jon Kennedi nomidagi aeroportdan Istanbulga (Turkiyaga) qarab uchgan. Ammo Suriya bilan chegaradan o‘tmoqchi bo‘lganida hukumat tomonidan qo‘lga olingan. 2017-yilda u 15-yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Prokuratura bayonotiga muvofiq, ikkala jinoyatchi ham jazoni o‘tib bo‘lganidan so‘ng vatanga deportatsiya qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0