Deputatlar ikki vazirlik yangi rahbarlari nomzodlarini ma’qulladi

Obuna bo‘lish
Abduqodir Toshqulov nomzodi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, Sherzod Hidoyatov nomzodi esa uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga ma’qullandi.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Bugun, 14-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda deputatlar oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga Abduqodir Toshqulov nomzodini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi. U hozirga qadar Termiz davlat universiteti rektori hamda Senat a’zosi edi.
Shundan so‘ng deputatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga  Sherzod Hidoyatov nomzodini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi. Hidoyatov hozirga qadar qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
© Press-slujba Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa UzbekistanaDeputati odobrili kandidaturi Abdukodira Toshkulova (na foto sprava) na post ministra visshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya i Sherzoda Xidoyatova — na post ministra JKO.
Deputati odobrili kandidaturi Abdukodira Toshkulova (na foto sprava) na post ministra visshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya i Sherzoda Xidoyatova — na post ministra JKO. - Sputnik O‘zbekiston
Deputatlar tomonidan maqullangan nomzodlar prezidentning tegishli farmonidan keyin o‘z lavozimlariga tayinlanishadi.
Yangiliklar lentasi
0