Minus 15: ertaga O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSneg v Tashkente
Sneg v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8-yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8-yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Zima - Sputnik O‘zbekiston
Ayrim joylarda -17 darajagacha sovuq: O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi
Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 2-4 daraja sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, Usturtda kechasi 10-15, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12 daraja sovuq, Navoiy viloyati shimolida 10-15, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.  
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.  
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0