O‘zbekiston Soliq inspeksiyasi o‘zini o‘zi band qilganlar soni eng ko‘p bo‘lgan sohalarni sanab o‘tdi.
Ma’lum bo‘lishicha, shu kunga qadar O‘zbekistonda jami 548,7 ming fuqaro – o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
Ularning aksariyati (159 954 kishi) maishiy xizmatlar - sartaroshlik, kosmetolog, kalitlar tayyorlash, poyabzal ta’mirlash sohasida ishlaydi.
Shuningdek, 120 527 kishi qishloq xo‘jaligi - chorva mollarini parvarish qilish, tomorqa egalariga yordam berish sohasida ishlaydi. 102 341 kishi - ijtimoiy xizmatlar, ya’ni repetitorlar, enagalar, uy xo‘jaligini yuritish bilan shug‘ulanadi.
O‘zini o‘zi band qilganlar asosan qaysi sohalarda ekani va ularni 2021-yilda nimalar kutayotgani haqida batafsil infografikamizda tanishing.