Ekspert 2021-yilning eng istiqbolli valyutalarini sanab o‘tdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri
Denejnie kupuri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘rta uzoq muddatlarda omonat saqlash va investitsiya uchun yevro, yuan va yena yaxshi istiqbolga ega. Shuningdek BRIKS davlatlari valyutalari qiziqarli bo‘lishi mumkin - ekspert.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. 2021 yilda omonlatlarni saqlash uchn eng yaxshi xorijiy valyuta - yevro bo‘ladi db hisoblaydi "BKS Mir investitsiy" kompaniyasi tahlilchisi Mixail Zelser.
"Yevropa iqtisodiyoti o‘sish tezligi Amerika iqtisodiga qaragandan tez bo‘ladi. Ikkinchidan Amerika fiskal dasturlari oqibatida dollar devalvatsiyaga uchraydi. Shu sababli ham yevro 2021-yilning birinchi yarmidayoq dollarga nisbatan 1,3 baravar o‘sishi mumkin. Agar siz omonatingizni xorijiy valyutada saqlamoqchi bo‘lsangiz - Yevro yaxshi valyuta bo‘lishi mumkin", - dedi Zelser RIA Novostiga.
Ekspert fikriga ko‘ra, o‘rta uzoqlikdagi muddatlarda rezerv valyuta sifatida yevrodan tashqari uan va iyena ham istiqbolli valyuta bo‘lishi mumkin. 
Undan tashqari, ushbu davrla BRIKS davlatlari valyutalari ham o‘sishi mumkin. Ayniqsa rand va rupiya. Lekin Rossiya aholisi uchun ushbu valyutalar ekzotik bo‘lgani hamda ularning qisqa muddatli volatilligi va cheklangan likvidligi tufayli ushbu valyutalarga investitsiya kiritish yuqori xavfga ega bo‘lishi mumkin.
Rubl esa 2021-yilda dollarga nisbatan 70 rublgacha va Yevroga nisbatan 85 rublgacha o‘sish imkoniyatiga ega, lekin buning uchun neft narxi stabil darajada 50 dollardan yuqori bo‘lishi kerak. Ikkinchidan AQSh va Yevropa tomonidan sanksiyalar bosimi ham kamaytirilishi kerak. 
Yangiliklar lentasi
0