OTMlar haftalik o‘quv kunlarini mustaqil belgilaydi

© Sputnik / Igor Maslov / Mediabankka o‘tishObrazovatelnaya aksiya "Doneskiy diktant"
Obrazovatelnaya aksiya Doneskiy diktant - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020/2021 o‘quv yilidan respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi.
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik.  “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi.
Devushka s knigami - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yuqori malakali pedagoglarni tayyorlaydigan xorijiy OTM filiali ish boshlaydi
Oliy ta’lim muassasasi kengashi qarori asosida:
- professor-o‘qituvchilar OTMda 3-yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka o‘tashi va malaka oshirishi;
- o‘qituvchilar OTMda 5-yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktorantura dasturlarida o‘qishi mumkin.
2021 yil 1-yanvardan:
  • OTM huzuridagi texnikumlarda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borayotgan professor-o‘ituvchilarning mehnatiga soatbay haq to‘lash OTM talabalariga dars o‘tganligi uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarida amalga oshiriladi;
  • ta’lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTM tomonidan mustaqil belgilanadi;
OTMda tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari tegishli OTM rektori(filial direktori) buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0