https://oz.sputniknews.uz/20210103/Bir-afta-ichida-zbekistonga-aviareyslarda-kelgan-21-ylovchida-koronavirus-anilandi-15720581.html
Bir hafta ichida O‘zbekistonga aviareyslarda kelgan 21 yo‘lovchida koronavirus aniqlandi
Bir hafta ichida O‘zbekistonga aviareyslarda kelgan 21 yo‘lovchida koronavirus aniqlandi
Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi bir hafta davomida O‘zbekistonga dunyoning 12 davlatidan 12 mingdan ziyod yo‘lovchilar kirib kelgan. 03.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-03T11:22+0500
2021-01-03T11:22+0500
2021-04-08T14:21+0500
jamiyat
o‘zbekiston
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1414/51/14145104_0:82:3072:1820_1920x0_80_0_0_af98ae119386c0fc1bb1ee33806c9bd0.jpg
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. So‘nggi bir haftada O‘zbekistonga dunyoning 12 davlatidan 12 mingdan ziyod yo‘lovchi kirib kelgan bo‘lsa, shulardan 21 nafarida koronavirus aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi “Uzbekistan Airports” ma’lumotlariga tayangan holda xabar qilmoqda.Kompaniya 2020-yil 25-dekabrdan boshlab, O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 55-sonli bayoniga muvofiq, mamlakatga kirib kelayotgan barcha shaxslarning o‘z hisobidan chegara punkti hududida koronavirus antigenini aniqlash uchun ekspress test olish tartibi joriy qilinganini eslatgan.Ma’lum qilinishicha, Toshkent xalqaro aeroportida ekspress test olish jarayonlarini ikki tomonlama imzolangan shartnomaga asosan “Tibbiyot dunyosi” MChJ amalga oshirmoqda. Ekspress test narxlari mazkur tashkilot o‘rnatgan ta’riflarga binoan 25-28 dekabrga qadar 150 ming so‘mdan, 28-dekabrdan to bugungacha 95 ming so‘m, talabar uchun 50 ming so‘m miqdorida belgilangan.“Maxsus komissiya ko‘rsatmasiga ko‘ra, aeroportdan uchib ketish vaqtida PZR testi olinadi, O‘zbekistonga uchib kelinganda ekspress test olinadi. Tahlil natijalari 10 daqiqa mobaynida pasportlarga shtrix kodlarini qo‘yish orqali ma’lum qilinadi”, - deyiladi xabarda.O‘zbekistonga kirib kelayotganlar COVIDga ekspress-test topshiradiVirus aniqlangan holatda SES mutaxassislari fuqarolarni tegishli hududdagi koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan muassasalarga joylashtiradi yoki uy sharoitida davolanishga yo‘naltiradi.Shuningdek, O‘zbekistonga koronavirus va yangi shtammining kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olish yuzasidan ko‘rilayotgan ushbu chora-tadbirlarda PZR-testining manfiy natijasi to‘g‘risida yo‘lovchilarda tahlil natijalari mavjudligidan qat’iy nazar ulardan tegishli tartibda majburiy ekspress test olinishi belgilab qo‘yilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210103/zbekistonda-koronavirus-bilan-kasallanganlar-soni-keskin-kamaymoda-15720422.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1414/51/14145104_0:0:3072:1930_1920x0_80_0_0_52d0a45824050a42611f90ec8703b1be.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, covid-19 umumjahon pandemiyasi
jamiyat, o‘zbekiston, covid-19 umumjahon pandemiyasi
Bir hafta ichida O‘zbekistonga aviareyslarda kelgan 21 yo‘lovchida koronavirus aniqlandi
11:22 03.01.2021 (yangilandi: 14:21 08.04.2021) So‘nggi bir hafta davomida O‘zbekistonga dunyoning 12 davlatidan 12 mingdan ziyod yo‘lovchilar kirib kelgan.
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. So‘nggi bir haftada O‘zbekistonga dunyoning 12 davlatidan 12 mingdan ziyod yo‘lovchi kirib kelgan bo‘lsa, shulardan 21 nafarida koronavirus aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi “Uzbekistan Airports” ma’lumotlariga tayangan holda
xabar qilmoqda.
Kompaniya 2020-yil 25-dekabrdan boshlab, O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 55-sonli bayoniga muvofiq, mamlakatga kirib kelayotgan barcha shaxslarning o‘z hisobidan chegara punkti hududida koronavirus antigenini aniqlash uchun ekspress test olish tartibi joriy qilinganini eslatgan.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent xalqaro aeroportida ekspress test olish jarayonlarini ikki tomonlama imzolangan shartnomaga asosan “Tibbiyot dunyosi” MChJ amalga oshirmoqda. Ekspress test narxlari mazkur tashkilot o‘rnatgan ta’riflarga binoan 25-28 dekabrga qadar 150 ming so‘mdan, 28-dekabrdan to bugungacha 95 ming so‘m, talabar uchun 50 ming so‘m miqdorida belgilangan.
“Maxsus komissiya ko‘rsatmasiga ko‘ra, aeroportdan uchib ketish vaqtida PZR testi olinadi, O‘zbekistonga uchib kelinganda ekspress test olinadi. Tahlil natijalari 10 daqiqa mobaynida pasportlarga shtrix kodlarini qo‘yish orqali ma’lum qilinadi”, - deyiladi xabarda.
Virus aniqlangan holatda SES mutaxassislari fuqarolarni tegishli hududdagi koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan muassasalarga joylashtiradi yoki uy sharoitida davolanishga yo‘naltiradi.
Shuningdek, O‘zbekistonga koronavirus va yangi shtammining kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olish yuzasidan ko‘rilayotgan ushbu chora-tadbirlarda PZR-testining manfiy natijasi to‘g‘risida yo‘lovchilarda tahlil natijalari mavjudligidan qat’iy nazar ulardan tegishli tartibda majburiy ekspress test olinishi belgilab qo‘yilgan.