WBA reytingida o‘zbek bokschilari qaysi o‘rinlarda?

© PixabayBokserskie perchatki, arxivnoe foto
Bokserskie perchatki, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
WBA bokschilarning 2020-yil dekabr oyi yakunlari bo‘yicha yangilangan reytingini e’lon qildi. Reytingdan 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan.
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) bokschilarning 2020-yil dekabr oyi yakunlari bo‘yicha yangilangan reytingini e’lon qildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Reytingdan 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan.
Uzbekskiy bokser Baxodir Djalolov - Sputnik O‘zbekiston
Bahodir Jalolov meksikalik raqibini mag‘lub etdi - video
Reytingda bokschi Murodjon Ahmadaliyev ikkinchi yengil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan.
Birinchi yarim o‘rta vazn toifasidan (-63,5 kg) ikki nafar o‘zbekistonlik o‘rin olgan. Yangilangan reytingda Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Shahram G‘iyosov 6-pog‘onada qayd etilgan bo‘lsa, yana bir bokschi Shohjahon Ergashev 8-o‘rinni egallab turibdi.
Birinchi o‘rta vazn (-69,85 kg) toifasidagi Isroil Madrimov 1-o‘rinda qayd etilgan va u chempionlik kamari uchun birinchi raqamli da’vogarga aylangan.
Ikkinchi o‘rta vazn toifasidagi bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev (-76,2 kg) noyabr oyida ajoyib g‘alabaga erishgan bo‘lsa-da, hamon 14-o‘rinda bormoqda.
Yarim og‘ir vazn toifasida (-79,3 kg) ringga ko‘tarilayotgan Rustam To‘laganov ham avvalgi oydagi o‘rnini saqlab qolgan – 14-o‘rin.
Yangiliklar lentasi
0