Yil mahsuloti: koronavirusni yuqtirgan og‘ir bemorlar uchun kislorod qanday ishlab chiqariladi

Obuna bo‘lish
Bir soat ichida zavod 6 ming tonnaga yaqin kislorod ishlab chiqaradi. Kislorod ko‘chalardagi havodan olinadi. Ushbu noyob ishlab chiqarish qanday ishlashini videomizda tomosha qiling.
Belarusda tibbiyot kislorodini ishlab chiqaruvchi noyob "Krion" korxonasi bor. U 1956-yildan buyon faoliyat yuritadi.
Zavod noyobligi shundaki, kislorod koronavirus bilan gospitalizatsiya qilingan bemorlar uchun nihoyatda zarur.
Pandemiya boshlanishi bilan mamlakatda tibbiyot kislorodiga bo‘lgan talab keskin oshdi.
O‘tgan yilning oxiri bilan solishtirganda to‘rt barobarni tashkil etadi.
Tibbiyot kislorodiga bo‘lgan talab, dori vositasiga bo‘lgani singari o‘ta jiddiy. Sifati ham tubdan nazorat qilinadi.
Ishlab chiqarish dam olish kunlari ham, bayram kunlari ham to‘xtamaydi, zavod kunu-tun ishlaydi.
Kislorod zaxirasini tayyorlab qo‘yishning imkoni yo‘q, chunki mahsulot ko‘p saqlanmaydi.
Ammo "Krion" favqulodda holatlar uchun hamisha zahirani hozirlab qo‘yadi. Shu vaqtgacha zavod birorta muassasani kislorodsiz qoldirmagan. 
2020-yil mahsuloti deya nom berish mumkin bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni qanday olib borilishini videoda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0