https://oz.sputniknews.uz/20210101/zbekistonda-OTMlarni-yirik-shaarlar-chekkasiga-kchirish-rezhalashtirilmoda-15715710.html
O‘zbekistonda OTMlarni yirik shaharlar chekkasiga ko‘chirish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda OTMlarni yirik shaharlar chekkasiga ko‘chirish rejalashtirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Xususan, "Talabalar shaharchasi"ni shakllantirish maqsadida mavjud OTMlarni yirik shaharlar chekkasiga ko‘chirish va u yerda yangi oliy ta’lim muassasalarini barpo etish... 01.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-01T09:41+0500
2021-01-01T09:41+0500
2021-01-01T09:45+0500
yangiliklar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 1 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda OTMlarni yirik shaharlar chekkasiga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi hujjat Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan.Xususan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2020—2025 yillarda yirik shaharlarni rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokama uchun e’lon qildi.Unda yirik shaharlarda 2020—2025 yillarda urbanizatsiyani rivojlantirishning asosiy konseptual yo‘nalishlari keltirilgan.Qayd etilishicha, bu yirik shaharlarda urbanizatsiya jarayonlarini yanada faollashtirish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasini yanada ko‘tarishga yordam beradi.Xususan, "Talabalar shaharchasi"ni shakllantirish maqsadida mavjud OTMlarni yirik shaharlar chekkasiga ko‘chirish va u yerda yangi oliy ta’lim muassasalarini barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish rejalashtirilgan.Shuningdek, mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarining (MTT) joriy holatidan kelib chiqib, ularni rekonstruksiya qilish, shuningdek, kelgusida aholi o‘sish sur’atini inobatga olgan holda yangi MTTlar bilan qamrab olish mo‘ljallangan.Davlat MTTlari tomonidan qo‘shimcha pulli xizmatlar ko‘rsatishni joriy etish (dam olish kunlari va ish kuni yakunlangandan keyin bolalarni parvarishlash, unga qarab turish va o‘qitish, belgilangan dasturdan tashqari sport-sog‘lomlashtirish to‘garaklari, badiiy-estetik, fan to‘garaklari tashkil etib, qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutish) ko‘zda tutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20201217/zbekistonning-4-ta-OTMlari-Evropa-va-Markaziy-Osidagi-eng-yakhshilar-reytingidan-rin-oldi-15615381.html
https://oz.sputniknews.uz/20201110/OTMga-kirishdagi-test-sinovlari-mazmuni-maktab-dasturlariga-moslashtiriladi-15368969.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangiliklar
O‘zbekistonda OTMlarni yirik shaharlar chekkasiga ko‘chirish rejalashtirilmoqda
09:41 01.01.2021 (yangilandi: 09:45 01.01.2021) Xususan, "Talabalar shaharchasi"ni shakllantirish maqsadida mavjud OTMlarni yirik shaharlar chekkasiga ko‘chirish va u yerda yangi oliy ta’lim muassasalarini barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 1 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda OTMlarni yirik shaharlar chekkasiga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi hujjat Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan.
Xususan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2020—2025 yillarda yirik shaharlarni rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokama uchun
e’lon qildi.
Unda yirik shaharlarda 2020—2025 yillarda urbanizatsiyani rivojlantirishning asosiy konseptual yo‘nalishlari keltirilgan.
Qayd etilishicha, bu yirik shaharlarda urbanizatsiya jarayonlarini yanada faollashtirish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasini yanada ko‘tarishga yordam beradi.
Xususan, "Talabalar shaharchasi"ni shakllantirish maqsadida mavjud OTMlarni yirik shaharlar chekkasiga ko‘chirish va u yerda yangi oliy ta’lim muassasalarini barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish rejalashtirilgan.
Shuningdek, mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarining (MTT) joriy holatidan kelib chiqib, ularni rekonstruksiya qilish, shuningdek, kelgusida aholi o‘sish sur’atini inobatga olgan holda yangi MTTlar bilan qamrab olish mo‘ljallangan.
Davlat MTTlari tomonidan qo‘shimcha pulli xizmatlar ko‘rsatishni joriy etish (dam olish kunlari va ish kuni yakunlangandan keyin bolalarni parvarishlash, unga qarab turish va o‘qitish, belgilangan dasturdan tashqari sport-sog‘lomlashtirish to‘garaklari, badiiy-estetik, fan to‘garaklari tashkil etib, qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutish) ko‘zda tutilmoqda.