Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 2021-yil yakunigacha uzaytirilgan – DXA

© Sputnik / Vadim ShekunVoditelskoe udostoverenie Uzbekistana
Voditelskoe udostoverenie Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yangi haydovchilik guvohnomasini olish muddati 2021-yil 31-dekabrgacha uzaytirilgan. Qayta imtihon topshirish talab etilmaydi.

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekistonda yangi haydovchilik guvohnomasini olish muddati 2021-yil 31-dekabrgacha uzaytirilgan va bunda qayta imtihon topshirish shart emas. Davlat xizmatlari agentligi shunday eslatma bilan chiqdi.

Teoreticheskie i prakticheskie zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik O‘zbekiston
Xususiy sektorga apreldan “prava” olish uchun imtihon o‘tkazish huquqi beriladi

Ma’lum qilinishicha, aholiga qulay bo‘lishi uchun eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2021-yil 31-dekabrga qadar davom etadi.

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun qayta imtihon topshirish shart emas. Buning uchun pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va talon kerak bo‘ladi.

Qanday hollarda haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yiladi?

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi (bugungi kunda 156 100 so‘m) miqdoridagi to‘lov amalga oshiriladi.

© Press-slujba Agentstva gosudarstvennix uslug Uzbekistana.Srok zameni voditelskix prav prodlen do konsa 2021
Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 2021-yil yakunigacha uzaytirilgan – DXA - Sputnik O‘zbekiston
Srok zameni voditelskix prav prodlen do konsa 2021
Yangiliklar lentasi
0