Dekabr oyida 7,5 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Rossiyaga ishga jo‘natildi

© Agentstvo vneshney trudovoy migratsiiOcherednaya gruppa uzbekistansev otpravilis v Rossiyu na zarabotki
Ocherednaya gruppa uzbekistansev otpravilis v Rossiyu na zarabotki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bandlik va mehnat munosabatlari Nozim Husanovning ma’lum qilishicha, pandemiya vaqtida 430 mingga yaqin migrantlar qaytib kelgan.

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Pandemiyaga qaramay joriy yilning dekabr oyida 7,5 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga ishga jo‘natildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.

Bandlik va mehnat munosabatlari Nozim Husanovning ma’lum qilishicha, Rossiyada 1,6 milliondan ortiq mamlakat fuqarolari doimiy ravishda mehnat qilmoqda.

Posadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston
Ikki ming nafar o‘zbek migrantlari Rossiyaga ishga jo‘nab ketadi

Oxirgi bizning ma’lumotlarimizga qaraganda, pandemiya vaqtida 430 mingga yaqin fuqarolarimiz qaytib kelgan. Hozir Rossiyaga borish istagida bo‘lgan bor. Chunki u yerda ishchi kuchiga talab katta. Pandemiya sharoitida Rossiya tezkor shtabining ruxsatini olib, dekabr oyining o‘zida 7,5 mingdan ortiq fuqarolarimizni rasmiy tarzda ish joylariga borishini amalga oshirdik. Bu jarayonni ko‘paytiramiz deb o‘ylaymiz”,  - dedi vazir.

Husanovning ta’kidlashicha, Rossiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi "Pasport-viza xizmati" Federal davlat unitar korxonasi hamda Moskva shahridagi "Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi" Davlat budjet muassasasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlari imzolangan. "Pasport-viza xizmati" filialini kelgusi yil boshida ochish rejalashtirilmoqda

Bundan ko‘zlangan maqsad Rossiya hududida ishlash istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda chiqish jarayonlarini soddalashtirishdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0