TOShKENT, 28 dek - Sputnik. Dushanba kuni erta tongda Barensevo dengizida ichida 19 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan baliqchi kema cho‘kib ketdi.
"Onga" trauleri Novaya Zemlya oroli yaqinida halokatga uchradi. 2 kishini boshqa kemadagi dengizchilar qutqarib qolishgan. Bir kishining jasadi keyinroq dengizdan topilgan. Hozircha izsiz yo‘qolgan 16 kishi qutqaruv xizmatlari tomonidan qidirilmoqda.
Halokatga sabab sovuq ob-havo deyilgan xabarda. Shu kunlarda Barensovo dengida haro harorati keskin sovib ketgan.
Murmansk prokuraturasi tomonidan dengiz transporti ekspluatatsiya qoidalarini buzish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ekipaj a’zolarining aksariyati Rossiya fuqarolari bo‘lgan. Bir kishi Syerra-Lione fuqarosi bo‘lgan.
"Onega" trauleri Norvegiyada 1979-yilda qurilgan. Murmansk portida ro‘yxatda turgan. Marine Traffic ma’lumotiga ko‘ra, kema Norvegiyaning Kirkines portida 14-dekabrda yo‘lga chiqqan. Murmanskda so‘nggi marotaba 11-dekabr kuni bo‘lgan.