Ikki ming nafar o‘zbek migrantlari Rossiyaga ishga jo‘nab ketadi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishPosadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan
Posadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning "PEK" va "Texagro" kompaniyalarining 14 nafar mutaxassislari o‘zbek delegatsiyasi bilan birgalikda O‘zbekistonga uchdilar. Tashrifdan maqsad 2000 nafar O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaga ishga jalb etish.

TOShKENT, 26 dek - Sputnik. Bosh vazir o‘rinbosari Mehriddin Xayriddinov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya mehnat va bandlik bo‘yicha federal xizmati bilan muloqot o‘tkazdi.

Reyd Federalnoy migratsionnoy slujbi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya IIV 50 mingdan ziyod o‘zbekistonlik migrantlarni "nolegal"lar safidan chiqardi

Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni rossiyalik sheriklarni mamlakatda tashkillashtirilgan, xavfsiz va legal mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etdi.

RF vakillari Rossiya hududida tashkillashtirilgan raqamli mehnat migratsiyasi tizimi ishlab chiqilayotgani haqida gapirdilar.

Ushbu tizimga O‘zbekiston Tashqi migratsiyasi agentligi ham qo‘shilishi borasida kelishuvga erishilgan. Bunda agentlik personal kabineti Umumrossiya vakinsiyalar bazasi - "Rabota v Rossii"ga qo‘shib qo‘yiladi.

O‘zbekistonda kasb va til o‘rgangan fuqarolarning rezumelari rossiyalik ish beruvchilarga axborot tarzida ushbu raqamli tizimga kiritiladi.

Migranti - Sputnik O‘zbekiston
Putin xorijlik hamkasblari bilan migrantlar bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qiladi

Xuddi shu kuni "Mnogofunksionalniy migratsionniy sentr" davlat budjet tashkiloti va "Ishga marhamat" monomarkazi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

O‘zbekistondan Rossiya Federatsiyasiga, xususan Moskvadagi korxonalarga tashkillashtirilgan tartibda mehnat migrantlarini jalb qilish, ishga joylashish uchun patentni rasmiylashtirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Toshkentda Rossiyaning "Mnogofunksionalniy migratsionniy sentr" filiali tashkil etiladi.

MMS moskvalik ish beruvchilarning o‘zbek ishchilari oldidagi majburiyatlari qanchalik bajarilayotganini monitoring qilib boradi.

Koronavirusga qarshi kurashish tezkor shtabi qarori asosida Rossiyaning "PEK" va "Texagro" kompaniyalarining 14 nafar mutaxassislari o‘zbek delegatsiyasi bilan birgalikda O‘zbekistonga uchdilar. Ular 2000 nafar O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya hududida mehnat faoliyatiga jalb etishadi.

Yangiliklar lentasi
0